O‘Zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksiga asosan

Yuridik shaxslarning jami daromadlariga imtiyozlar

 

Yuridik shaxs

Kategoriyasi (toifa)

Imtiyoz turi

Amal qilish muddati

Asos

 

 

YURIDIK SHAXSLARDAN OLINADIGAN FOYDA SOLIG‘I

 

 

Quyidagilar soliq to‘lovchining daromadi sifatida qaralmaydi:

 

O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 129-moddasining 
2 qismi

 

1.

Umumbelgilangan soliq to‘lovchilari

ustav fondiga (ustav kapitaliga) olingan hissalar, shu jumladan aksiyalarni (ulushlarni) joylashtirish bahosining ularning nominal qiymatidan (dastlabki miqdoridan) ortiq summasi, birgalikdagi faoliyatni amalga oshirish uchun oddiy shirkat shartnomasi bo‘yicha birlashtiriladigan mablag‘lar;

Doimiy

O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining

129-moddasining

2 qismi 1-bandi

 

2.

Umumbelgilangan soliq to‘lovchilari

muassislar (ishtirokchilar) tarkibidan chiqilayotganda (chiqarilayotganda) yoki muassis (ishtirokchi) ulushining miqdori kamaytirilganda, shuningdek tugatilayotgan yuridik shaxsning mol-mulki uning muassislari (ishtirokchilari) o‘rtasida taqsimlanayotganda ustav fondiga (ustav kapitaliga) hissa doirasida olingan mablag‘lar (mol-mulk yoki mulkiy huquqlar);

Doimiy

O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining

129-moddasining

2 qismi 2-bandi

 

3.

Umumbelgilangan soliq to‘lovchilari

oddiy shirkat shartnomasi sherigining (ishtirokchisining) shartnoma sheriklari (ishtirokchilari) umumiy mulkidagi ulushi qaytarib berilgan yoki bunday mol-mulk bo‘lingan taqdirda, hissasi miqdorida olingan mablag‘lar (mol-mulk yoki mulkiy huquqlar);

Doimiy

O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining

129-moddasining

2 qismi 3-bandi

 

4.

Umumbelgilangan soliq to‘lovchilari

realizatsiya qilinayotgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) uchun boshqa shaxslardan dastlabki haq (bo‘nak) tarzida olingan mablag‘lar (mol-mulk yoki mulkiy huquqlar);

Doimiy

O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 129-moddasining 2 qismi 4-bandi

 

5.

Umumbelgilangan soliq to‘lovchilari

qonun hujjatlariga muvofiq majburiyatlarni ta’minlash tariqasida garov yoki zakalat tarzida olingan mablag‘lar (mol-mulk yoki mulkiy huquqlar) ularga bo‘lgan mulk huquqi boshqa shaxsga o‘tadigan paytga qadar;

Doimiy

O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining

129-moddasining

2 qismi 5-bandi

 

6.

Umumbelgilangan soliq to‘lovchilari

byudjetdan berilgan subsidiyalar;

Doimiy

O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining

129-moddasining

 2 qismi 6-bandi

 

7.

Umumbelgilangan soliq to‘lovchilari

agar mablag‘larni (mol-mulk yoki mulkiy huquqlarni) boshqa shaxsga o‘tkazish, ishlarni bajarish, xizmatlar ko‘rsatish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori asosida yuz berayotgan bo‘lsa, tekin olingan mablag‘lar (mol-mulk yoki mulkiy huquqlar), ishlar va xizmatlar;

 

Doimiy

O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining

129-moddasining

2 qismi 7-bandi

 

8.

Umumbelgilangan soliq to‘lovchilari

olingan grantlar va insonparvarlik yordami;

Doimiy

O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining

129-moddasining

2 qismi 8-bandi

 

9.

Umumbelgilangan soliq to‘lovchilari

notijorat tashkilotlar tomonidan ustav faoliyatining ta’minoti va uni amalga oshirish uchun olingan, belgilangan maqsadga ko‘ra va (yoki) tekin kelib tushgan mablag‘lar;

Doimiy

O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining

129-moddasining

2 qismi 10-bandi

 

10

Umumbelgilangan soliq to‘lovchilar

sug‘urta shartnomalari bo‘yicha sug‘urta tovoni (sug‘urta summasi) tariqasida olingan mablag‘lar;

Doimiy

O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining

129-moddasining

 2 qismi 11-bandi

 

11

Umumbelgilangan soliq to‘lovchilari

vositachiga yoki boshqa ishonchli vakilga vositachilik, topshiriq shartnomasi yoki vositachilik xizmatlarini ko‘rsatish yuzasidan boshqa shartnoma bo‘yicha majburiyatlarni bajarish munosabati bilan, shuningdek komitent yoxud boshqa topshiriq beruvchi uchun vositachi yoki boshqa ishonchli vakil tomonidan qilingan xarajatlarni qoplash hisobiga kelib tushgan mol-mulk (haq to‘lovi bundan mustasno)

Doimiy

O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining

129-moddasining

2 qismi 12-bandi

 

12

Umumbelgilangan soliq to‘lovchilari

ijaraga beruvchi (lizing beruvchi) ijara (lizing) to‘lovining qismi tariqasida olgan moliyaviy ijara (lizing) obyekti qiymatining qoplamasi;

Doimiy

O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining

129-moddasining

2 qismi 13-bandi

 

13

Umumbelgilangan soliq to‘lovchilari

telekommunikatsiyalar tarmoqlarida tezkor-qidiruv tadbirlari tizimining tekin olingan texnik vositalari, shuningdek mazkur vositalardan foydalanishga hamda ularga xizmat ko‘rsatishga doir xizmatlardan olingan daromadlar;

Doimiy

O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining

129-moddasining

2 qismi 14-bandi

 

 

14

Umumbelgilangan soliq to‘lovchilari

ixtiyoriy tugatilayotgan tadbirkorlik subyekti muassislaridan (ishtirokchilaridan) uning majburiyatlarini bajarish uchun olingan mablag‘lar. Ixtiyoriy tugatish qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda tugallanmagan yoki tugatish tartib-taomili to‘xtatilgan va faoliyat qayta boshlangan taqdirda, ushbu mablag‘lar jami daromad tarkibiga kiritiladi hamda soliqqa tortiladi;

Doimiy

O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining

129-moddasining

2 qismi 15-bandi

 

15

Umumbelgilangan soliq to‘lovchilari

investor va davlat mulkini boshqarish bo‘yicha vakolatli davlat organi o‘rtasida tuzilgan shartnomaga binoan investitsiya majburiyatlari sifatida kiritilayotgan mol-mulk.

Doimiy

O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining

129-moddasining

2 qismi 16-bandi

 

 

 

Quyidagi daromadlar soliqqa tortilmaydi

O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 155-moddasi

 

17

Umumbelgilangan soliq to‘lovchilari

Investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun jalb qilingan kreditlar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi banklari va lizing beruvchilari tomonidan xorijiy moliya institutlariga to‘lanadigan daromadlar soliqqa tortilmaydi.

Doimiy

O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining

155-moddasining

 2 qismi

 

 

 

Quyidagi daromadlar soliq solishdan ozod qilinadi

O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 156-moddasi

 

 

18

Umumbelgilangan soliq to‘lovchilari

Davlat obligatsiyalari va davlatning boshqa qimmatli qog‘ozlari bo‘yicha daromadlar, shuningdek davlat maqsadli jamg‘armalarining hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga ko‘ra tashkil qilinadigan byudjetdan tashqari jamg‘armalarning vaqtincha bo‘sh mablag‘larini moliya bozorlarida joylashtirishdan foizlar tarzida olinadigan daromadlar soliq solishdan ozod qilinadi.

 

Doimiy

O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining

156-moddasi 2 qismi

 

19

Umumbelgilangan soliq to‘lovchilari

O‘zbekiston Respublikasining rezidentlari bo‘lgan kredit tashkilotlariga to‘lanadigan foizlarga to‘lov manbaida soliq solinmaydi, balki ushbu Kodeksda belgilangan tartibda kredit tashkilotida soliq solinadi. Xuddi shunday tartib mol-mulkni moliyaviy ijaraga (lizingga) berishda ijaraga beruvchiga (lizing beruvchiga) to‘lanadigan foizli daromadlarga ham tatbiq etiladi.

Doimiy

O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining

 156-moddasi 3 qismi

 

20

Umumbelgilangan soliq to‘lovchilari

Yuridik shaxsdan olinib, uning ustav fondiga (ustav kapitaliga) yo‘naltirilgan dividendlar tarzidagi daromadlarga soliq solinmaydi.

 

Doimiy

O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining

156-moddasi 4 qismi

 

21

Umumbelgilangan soliq to‘lovchilari

Investitsiya va xususiylashtirish investitsiya fondlarining o‘z investitsiya portfelida turgan xususiylashtirilgan korxonalar aksiyalaridan dividendlar shaklida olingan daromadlariga soliq solinmaydi.

Doimiy

O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining

156-moddasi 6 qismi

 

 

 

Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ini to‘lashdan quyidagi yuridik shaxslar ozod qilinadi:

 

O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 158-moddasi 1 qismi

 

 

22

Umumbelgilangan soliq to‘lovchilari

davolash muassasalari huzuridagi davolash-ishlab chiqarish ustaxonalari;

Doimiy

O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining

158-moddasi 1 qismi 2-bandi

 

23

Umumbelgilangan soliq to‘lovchilari

jazoni ijro etish muassasalari;

Doimiy

O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining

158-moddasi 1 qismi 3-bandi

 

24

Umumbelgilangan soliq to‘lovchilari

ichki ishlar organlari huzuridagi qo‘riqlash bo‘linmalari.

Doimiy

O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining

158-moddasi 1 qismi 4-bandi

 

 

Yuridik shaxslarning quyidagi foydasi yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ini to‘lashdan ozod qilinadi:

 

O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining

158-moddasi 2 qismi

 

 

 

 

25

Umumbelgilangan soliq to‘lovchilari

protez-ortopediya buyumlari, nogironlar uchun inventarlar ishlab chiqarishdan, shuningdek nogironlarga ortopedik protezlash xizmati ko‘rsatishdan, nogironlar uchun mo‘ljallangan protez-ortopediya buyumlari va inventarlarni ta’mirlash hamda ularga xizmat ko‘rsatishdan olingan foydasi;

Doimiy

O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining

158-moddasi 2 qismi 1-bandi

26

Umumbelgilangan soliq to‘lovchilari

shahar yo‘lovchilar transportida (taksidan, shu jumladan yo‘nalishli taksidan tashqari) yo‘lovchilarni tashish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatishdan olingan foydasi;

Doimiy

O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining

158-moddasi 2 qismi 2-bandi

 

         

 

27

Umumbelgilangan soliq to‘lovchilari

tarix va madaniyat yodgorliklarini ta’mirlash hamda qayta tiklash ishlarini amalga oshirishdan olingan foydasi;

Doimiy

O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining

158-moddasi 2 qismi 3-bandi

 

28

Umumbelgilangan soliq to‘lovchilari

Xalq banki tomonidan fuqarolarning shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvaraqlaridagi mablag‘lardan foydalanishdan olingan foydasi.

Doimiy

O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining

158-moddasi 2 qismi 5-bandi

 

29

Umumbelgilangan soliq to‘lovchilari

fond birjasida emissiyaviy qimmatli qog’ozlarni realizasiya qilishdan olingan foydasi

Doimiy

O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining

158-moddasi 2 qismi 6-bandi

 

30

Umumbelgilangan soliq to‘lovchilari

Ishlovchilari umumiy sonining 3 foizidan ko‘prog‘ini nogironlar tashkil etgan yuridik shaxslar uchun yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i summasi ushbu qismda belgilangan normadan ortiq ishga joylashtirilgan nogironlarning har bir foiziga yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ining summasi bir foiz kamaytiriladigan hisob-kitob asosida kamaytiriladi.

 

Doimiy

O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining

158-moddasi 3 qismi