Joriy yilning 12-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Samarqand akademik litseyi “Huquqiy va ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasining huquq fani oʻqituvchisi Sh.Xasanov boshchiligida litseyning 21 nafar o‘quvchilari ishtirokida “Konstitutsiyaviy huquq fani oyligi” munosabati bilan  Samarqand tumani ichki ishlar boʻlimiga sayohat uyushtirildi.

Sayohat davomida oʻquvchilarga Samarqand tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘ining MMIB o‘rinbosari podpolkovnik A.O.Islomov va  bir qator tajribali ichki ishlar xodimlari tomonidan sohaviy xizmatlar faoliyati bilan yaqindan tanishtirldi. O‘quvchilar tomonidan berilgan savollarga mutaxassislar atroflicha javoblar berishdi. Ushbu sayohat oʻquvchilarda juda katta taassurotlar qoldirdi.