Joriy yilning 11-dekabr kuni O'zbekiston Respublikasi IIV Samarqand akademik litseyida “Huquqiy va ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi oʻqituvchisi Ziyayeva Nilufar Sobirjonovnaning  Davlat va huquq asoslari fanidan  “Jinoiy javobgarlik va jazo tizimi’’  mavzusida 106-guruh oʻquvchilariga ochiq dars mashgʻulotini oʻtkazdi. Jismoniy shaxslarning jinoiy javobgarligi va jinoyatda ishtirokchiligi boʻyicha oʻquvchilarga slaydlar asosida keng yoritilib berildi. Dars jarayonida “10+5” texnikasi asosida topshiriqlar berildi. Umuman olganda dars davomida viktorina, aqliy-hujum, namoyish, chaynvord, jadvalli test, kichik guruhlarda ishlash singari interaktiv usullardan qo‘llanildi.