Joriy yilning 6-dekabr kuni IIV Samarqand akademik litseyi oʻqituvchilari hamda o‘quvchilari o‘rtasida litseyi direktori podpolkovnik  J.M.Davronov raisligida hamda “Huquqiy va ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi mas’ulligida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 31 yilligi munosabati bilan “Konstitutsiya–baxtimiz qomusi” shiori ostida tadbir tashkil etildi. Tadbirda IIV Akademiyasi “Fuqaroviy-huquqiy fanlar” kafedrasi dotsenti, yuridik fanlari (Ph.D.), podpolkovnik X.M.Qilichev hamda “Jinoyat protsessual huquqiy fanlar” kafedrasi o‘qituvchisi T.M.Jo‘rabekovlar litsey o‘quvchilari bilan davra suhbati o‘tkazib, fuqarolik huquqining muhim jarayonlari bo‘yicha  protsessual huquq doirasida  savol-javoblar o‘tkazishdi.

Shundan so‘ng, X.M.Qilichev hamda T.M.Jo‘rabekovlar “Yangi O‘zbekistonni yoshlar bilan quramiz” shiori ostida litsey o‘quvchilari o‘rtasida viktorina o‘tkazib, viktorinada faol ishtirok etgan bir qator o‘quvchilarga yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kitoblarini taqdim etishdi.