Joriy yilning 2-dekabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 31 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi konstitutsiyasiga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar boʻyicha davra suhbati boʻlib oʻtdi. Davra suhbatida Samarqand davlat universiteti huquqshunoslik fakulteti dotsenti, yuridik fanlar nomzodi Z.O.Quvondiqov  ishtirok etdi. U oʻquvchilarga 1992 yildan buyon bugunga qadar konstititutsiyaga jami 15 marta o‘zgartish kiritilgani va bu safar esa o‘zgarishlar ko‘lami kattaligi sabab hujjatning yangi tahriri qabul qilinganligi va ularning mazmun va mohiyati haqida gapirib berdi. Davra suhbati qiziqarli va savol-javoblarga boy oʻtdi.