Mavlonov Feruz Oblakulovich

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti

Ijtimoiy fanlar kafedrasi o‘qituvchisi

Bugungi kunda O‘zbekistonda aholining ish bilan ta’minlash sohasida amalga oshirib kelinayotgan islohatlar tufayli mehnat qilish erkinliklari, aholini ishga joylashtirish va bandlikni ta’minlash borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Aholining ish bilan bandligi sohasida amalga oshirib kelinayotgan ijtimoiy siyosat, eng avvalo, fuqarolarimizning mehnat qilish va shu orqali munosib hayot kechirishlarini ta’minlashdan iborat. Har bir fuqaro erkin kasb tanlashi hech bir kamsitishlarsiz mehnat faoliyatini amalga oshirishi, majburiy mehnatga yo‘l qo‘yilmasligi va adolatli mehnat sharoitida ishlashi kabi tamoyillarga tayanuvchi normativ-huquqiy hamda uni amalaga oshiruvchi davlat mexanizmi yaratildi. Aholi bandligiga oid qonunchilik tizimimiz vaqtincha ishidan va mehnat daromadidan mahrum bo‘lib qolgan fuqarolarni tezkorlik bilan ish bilan ta’minlash, uning iloji topilmaganida esa qonunda nazarda tutilgan boshqa kafolatlarni o‘z vaqtida ta’minlab berishga qaratilgan.

Mamlakatimizda ayollarni mehnat qilish huquqi va ularning jamiyat hayotidagi o‘rnini oshirish bo‘yicha mamlakatimizda muhim ishlar amalga oshirilmoqda. Yurtimizda ko‘plab siyosat arbobalari va yetakchi ayollar yetishib chiqqan. Jumladan, Xadicha Sulaymonova – XX asrda o‘zbek ayollaridan birinchi bo‘lib, sharq ayolining jamiyatdagi teng huquqi uchun mardonavor kurashgan ayol, yetuk huquqshunoslik ilmini egallab, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi akademik Xadicha Sulaymonova jinoyat huquqi va O‘zbekiston sud-huquq tizimida o‘ziga xos maktabga asos solgan olima hisoblanadi. Xadicha Sulaymonova o‘zbek ayollaridan birinchi akademik sifatida tarixga muhrlandi. Xadicha Sulaymonova katta davlat va jamoat arbobi darajasiga ko‘tarildi. U o‘zbek fani va siyosiy ta’limotlar tarixi targ‘ibotchisi sifatida Xitoy, Niderlandiya, Buyuk Britainiya, Yaponiya, Bolgariya, Chexiya, Slovakiya, Afrika mamlakatlari va boshqa qator xorijiy davlatlarga tashrif buyurdi. Xalqaro kengashlar, simpoziumlar, global muammolarga bag‘ishlangan turli anjumanlarda ishtirok etdi va ma’ruzalar qildi.

Majburiy mehnat, ya’ni biror-bir jazoni qo‘llash bilan tahdid qilish orqali ish bajarishga majburlash ta’qiqlanadi, qonunda belgilangan hollar bundan mustasno. Mehnat qilish erkinligi insonlarni o’zi xohlagan kasbda ishlashidan tashqari hech qanday mehnat faoliyati bilan shug’ullanmasligi ham mumkin. Mehnat faoliyati bilan shug’ullanmaslik uchun qonunda hech qanday javobgarlik belgilanmagan.

Ish qidirayotgan va mehnat organlariga murojaat qilgan fuqarolar ish tartibi, ish joyini va mehnat rejimini erkin tanlash maqsadida kasb-korga doir bepul maslahatlar olish, kasbga tayyorlashdan, qayta tayyorlashdan o‘tish, malaka oshirish hamda tegishli axborot olish huquqiga egadirlar. Davlat vaqtincha band bo‘lmagan va ishga yaroqli, mehnat qilish istagida bo‘lgan fuqarolarga ishga joylashishlarida ko‘mak ko‘rsatadi. Ishga joylashtirishga ko‘maklashuvchi davlat organlari ishga joylashishda ko‘mak so‘rab murojaat qilgan fuqarolarga maqbul keladigan ish taklif qilishlari lozim. Agar kasb faoliyati bo’yicha hech qanday ish topilmasa fuqaro belgilangan tartibda ishsiz deb e’lon qilinib tegishli miqdordagi ishsizlik nafaqasini olishi mumkin. O‘n olti yoshdan boshlab, to pensiya bilan ta’minlanish huquqini olishgacha bo‘lgan yoshdagi, ishga va ish haqiga ega bo‘lmagan, ish qidiruvchi shaxs sifatida mahalliy mehnat organida ro‘yxatga olingan, mehnat qilishga, kasbga tayyorlash va qayta tayyorlashdan o‘tishga, malakasini oshirishga tayyor mehnatga qobiliyatli shaxslar ishsiz deb e’tirof etiladi.

Ishsizlik nafaqasi ishsiz deb e’tirof etilgan shaxsga u ish qidirayotgan shaxs sifatida mahalliy mehnat organida ro‘yxatdan o‘tgan kundan e’tiboran tayinlanadi. Qaramog‘ida uchtagacha kishi bo‘lgan, o‘ttiz besh yoshga to‘lmagan ishsiz erkakka ishsizlik nafaqasi u haq to‘lanadigan jamoat ishlarida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda ishtirok etgan taqdirda tayinlanadi. Ishsiz shaxsning nafaqa olish huquqi u ish qidirayotgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tgan paytdan boshlab uzog‘i bilan o‘n birinchi kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Mamlakatimizda aholi bandligini ta’minlash, mehnat jarayonida xotin- qizlaming ish bilan band bo‘lish sohasidagi huquqlarining kamsitilishini bartaraf etish, ayni vaqtda, erkaklar bilan ayollaming teng huquqliligini ta’minlash uchun quyidagi imkoniyatlar yaratib beriladi:

 a) barcha insonlaming ajralmas huquqi sifatida mehnat qilish;

b) ishga yollashda bir xil imkoniyatlarga ega bo‘lish, shu bilan birga, ishga yollashda bir xil tanlash mezonlarini qo‘llash;

d) kasb yoki ish turini erkin tanlash, lavozim bo‘yicha ko‘tarilish va ish bilan band etilish kafolatiga ega bo‘lish, shuningdek, shogirdlik, yuqori darajadagi kasb bo‘yicha tayyorgarlik va muntazam suratda malaka oshirishni o‘z ichiga olgan holda mehnat qilishning barcha imtiyozlari va shart-sharoitidan to‘liq foydalanish, kasb bo‘yicha tayyorgarlik va qayta tayyorgarlikdan o‘tish;

e) imtiyozlar olishni ham hisobga olgan holda teng mukofotlash, bir xil qimmatga ega bo‘lgan mehnatga nisbatan teng sharoitlarda, shuningdek, ish sifatini baholashga teng yondashish;[1]

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 42-moddasida mustahkamlangan mehnat qilish huquqi insonning eng muhim asosiy huquqlaridan hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida o‘z ifodasini topgan bu huquq:

birinchidan, fuqarolarga o‘zlari xohlagan kasb-hunarni erkin tanlash;

ikkinchidan, o‘z qobiliyatiga yarasha ish bilan ta’minlanish;

uchinchidan, mehnatining hajmi va sifatiga qarab haq olish;

to‘rtinchidan, adolatli mehnat sharoitida ishlash va qonunda ko‘rsatilgan tartibda ishsizlikdan himoyalanish;

beshinchidan, mehnatni muhofaza qilish uchun zarur vositalar bilan ta’minlanishini anglatadi. U davlatga fuqarolarga qobiliyatlari, bilimlari va malakalariga qarab ish bilan ta’minlash vazifasini yuklaydi. O‘zbekiston fuqarolarining mehnat qilish huquqi mustaqillik va istiqlol sharofati bilan yangi-yangi imtiyoz va qoidalar bilan boyitildi. Har bir fuqaro mehnat qilish va uning natijalaridan foydalanish, shu jumladan, unumli va ijodiy mehnat uchun o‘z qobiliyatlarining tasarruf etilish imkoniyati huquqiga, ishni erkin tanlash, qulay mehnat sharoitlari, davlat tomonidan kafolatlangan mehnat haqi minimumi va ishsizlikdan himoyalanish, teng mehnati uchun hech bir kamsitishsiz teng haq olish huquqiga egadir. O‘zbekiston Respublikasida demokratik, insonparvar fuqarolik jamiyatini barpo etish jarayonida davlat va jamiyatni rivojlantirishning zarur sharti, jamiyat boyligini ko‘paytirish manbai bo‘lmish insonlarga Konstitutsiyada va amaldagi qonunlarda kafolatlangan mehnat qilish huquqining berilganligidadir[2].

Qo‘shimcha kafolatlar qo‘shimcha ish joylari, ixtisoslashtirilgan korxonalar, shu jumladan nogironlar mehnat qiladigan korxonalar barpo etish, ish o‘rgatishning maxsus dasturlarini tashkil etish, korxona, muassasa va tashkilotlarga mazkur toifadagi fuqarolarni ishga joylashtirish uchun ish joylarining eng kam miqdorini belgilash, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa choralar bilan ta’minlanadi.

O‘zbekistonda fuqarolarning mehnat huquqlarini kafolatlash maqsadida mehnat kodeksi yangi tahrirda qabul qilindi. Bozor iqtisodiyotiga mos zamopnaviy davlatlar qonunchiligidan ijodiy foydalnaligan yangi tahrirdagi qonun 2022-yil 28-oktabrda qabul qilingan. Yangi kodeksda yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga solishning quyidagi asosiy prinsiplari belgilangan:

  • mehnat huquqlarining tengligi, mehnat va mashgʻulotlar sohasida kamsitishni taqiqlash;
  • mehnat erkinligi va majburiy mehnatni taqiqlash;
  • mehnat sohasidagi ijtimoiy sheriklik;
  • mehnat huquqlari ta’minlanishining va mehnat majburiyatlari bajarilishining kafolatlanganligi;
  • xodimning huquqiy holati yomonlashishiga yoʻl qoʻyilmasligi.

Bu o’zgarishlar insonlarni ijtimoiy ahvolini yaxshilash bozor iqtisodiyotining bugungi “o’z-o’zini ta’minlash tizmida” aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalari himoya qilish mexanizmi yaratildi. Davlat aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalarini ishga joylashtirish boʻyicha qoʻshimcha ish oʻrinlarini, ixtisoslashtirilgan tashkilotlarni, shu jumladan nogironligi boʻlgan shaxslar mehnat qilishi uchun tashkilotlarni tashkil etish, maxsus qayta tayyorlash va malaka oshirish dasturlarini tashkil etish, ish oʻrinlarining eng kam sonini belgilash kabioʻshimcha kafolatlarni ta’minlaydi. Yangi tahrirdagi mehnat kodeksida aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga quydagilar kiritildi:

-         14 yoshga toʻlmagan bolalari, nogironligi boʻlgan bolalari bor yolgʻiz ota-ona, shuningdek koʻp bolali oilalardagi ota-onalar;

-         umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim tashkilotlarini, kasb-hunar maktablari va kollejlari hamda texnikumlarini tamomlab, kasbga ega boʻlgan yoshlar;

-         “Mehribonlik” uylarining bitiruvchilari, shuningdek oliy taʼlim tashkilotlarining davlat grantlari boʻyicha taʼlim olgan bitiruvchilari;

-         Mudofaa, Ichki ishlar, Favqulodda vaziyatlar vazirliklari, Milliy gvardiya, Davlat xavfsizlik xizmati qoʻshinlaridagi muddatli harbiy xizmatdan boʻshatilgan shaxslar;

-         nogironligi boʻlgan shaxslar;

-         pensiyaoldi yoshidagi shaxslar (qonunda belgilangan pensiya yoshiga qadar ikki yil oldin);

-         jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslar yoki sudning qaroriga koʻra oʻziga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralari qoʻllanilgan shaxslar;

-         odam savdosidan jabrlanganlar[3].

Yuqoridagi toifalarga davlat ishga joylashtirish boʻyicha qoʻshimcha kafolatlar berilishini ta’minlaydi. Mazkur kodeksdagi asosiy yangiliklardan biri yillik asosiy mehnat taʼtili eng kam muddati 15 kundan 21 kalendar kunga uzaytirildi. Kodeksda xodimning shaxsiy maʼlumotlarini uning roziligisiz boshqa shaxslarga berish ta’qiqlandi. Bu shubhasiz, shaxs daxlsizligini himoya qilishga qaratilgan asosdir.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining fuqarolarning iqtisodiy va ijtimoiy huquqlarini belgilab beruvchi bobida har bir shaxs mehnat qilish, erkin kasb tanlash, adolatli mehnat sharoitlarida ishlash va qonunda ko‘rsatilgan tartibda ishsizlikdan himoyalanish huquqiga egaligi, sud hukmi bilan tayinlangan jazoni o‘tash tartibidan yoki qonunda ko‘rsatilgan boshqa hollardan tashqari, majburiy mehnatning taqiqlanishi (42-modda), Davlat fuqarolarning kasbiy tayyorgarligini va qayta tayyorlanishini tashkil etadi hamda rag‘batlantiradi. (43-modda), shuningdek O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksida davlatning mehnat qilish huquqini amalga oshirishdagi kafolatlari (58-modda) mustahkamlangan. Ammo fuqarolar mehnat huquqlarining himoyasi Konstitutsiya va qonunlar darajasida kafolatlangan bo‘lishiga qaramasdan, majburiy mehnat, bolalar mehnatidan foydalanish va odam savdosi kabi qonunga zid holatlar ko‘zga tashlandi. Odam savdosiga qarshi kurashish bo’yicha OBSE vakili Xelga Konradning ta’kidlashicha, har yili 200 mingdan 500 minggacha kishi odam savdosi bo’yicha G’arbiy Yevropa davlatlariga olib kiriladi. Ular ichida ayollar 60% ni, erkaklar 40% ni tashkil etadi. Vakil har yili odam savdosidan olinadigan foyda 10-15 milliard dollarni tashkil etishini ta’kidlaydi. Odam savdosi bu jinoiy zanjir, uning kichik bo’g’inidan boshlab so’ngisigacha kurashish kerak. Faqat shundagina muvaffaqiyatga erishish mumkin. Odam savdosi bir vaqtning o’zida ham jinoyat huquqi, ham inson huquqlari himoyasi masalasidir”[4].

 Bugungi kunda ko‘rilgan keskin choralar natijasida jamiyatda majburiy mehnat va bir qator boshqa ko‘rinishdagi shu kabi illatlarning salmog‘i ancha pasaydi. Inson huquqlarinig ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan mehnat qilish huquqining kafolatlari davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilanishi va tizimda amalga oshirilgan o‘zgarishlar natijasida majburiy mehnat holatlari ancha kamayib xalqaro tashkilotlar tomonidan e’tirof etildi.                            

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning yangi konstitutsiya qabul qilish bo‘yicha Konstitutsiyaviy komissiya a’zolari bilan bo‘lib o‘tgan yig’ilishda bu islohatlarning tub negizida munosib mehnat sharoitini yaratib berish, kambag‘allikni qisqartirish konstitutsiyaviy islohotlarning muhim maqsadi ekanini ta’kidlandi. Umumxalq muhokamasiga qo‘yilgan “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy qonuni loyihasining 37-moddasiga kiritilayotgan qo‘shimchalarga ko‘ra, har kimga munosib mehnat qilish, mehnati uchun hech qanday kamsitishlarsiz va adolatli haq olish huquqi kafolatlanayotganligi bilan birga, mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori insonning o‘zi va oilasi yashashi uchun yetarli bo‘lishi kerakligi belgilangan[5]. Yuqorida keltirilgan konstitutsiyaviy islohotlar xalqning ijtimoiy ahvolini yaxshilash va yangi bosqichga ko’tarishga asos bo’ladi. Бугунги кунда иқтисодиёт ва ижтимоий соҳада амалга оширилаётган ислоҳотлар, меҳнат қонунчилигини такомиллаштириш мақсадида қабул қилинаётган янги қонун ҳужжатлари

 

Foydalanilgan adabiyotlar:

  1. Karimov I.A. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O‘zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo‘llari va choralari. - T.: O‘zbekiston, 2009.
  2. Mo‘minov, Abdulxay Rashidovich; Tillabaev, Mirzatillo Alisherovich. Inson huquqlari: darslik/ A.R. Mo‘minov, M.A. Tillabaev; mas’ul muharrir A.X. Saidov. - 2-nashr. - T.: Adolat, 2013.
  3. Противодействие торговли людьми и защите прав женщин. Киев: Украинский институт социальных исследований. 2000. –
  4. Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.05.2023-y., 03/23/837/0241-son


[1] Karimov I.A. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O'zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo'llari va choralari. - T.: O'zbekiston, 2009. - B. 8-9.

[2] Mo‘minov, Abdulxay Rashidovich; Tillabayev, Mirzatillo Alisherovich. Inson huquqlari: darslik/ A.R. Mo'minov, M.A. Tillabayev; mas’ul muharrir A.X. Saidov. - 2-nashr. - T.: Adolat, 2013. - 304 b.

[3] https://www.norma.uz/oz/qonunchilikda_yangi/yangi_mehnat_kodeksi_qabul_qilindi

[4] Противодействие торговли людьми и защите прав женщин. Киев: Украинский институт социальных исследований. 2000. – С. 58-82.

[5] Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.05.2023-y., 03/23/837/0241-son