2022 yil 6 dekabr kuni “Muborak GQIZ“ da Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 30 yilligi”ga bag‘ishlangan bayram tadbiri boʻlib oʻtdi.
O‘tkazilgan ma'naviy-ma'rifiy tadbirda, “iqtidor.uz” huquqiy, madaniy, ma’naviy - ma’rifiy internet veb-sayti rahbari A.Toʻrayev, davlat granti loyihasi doirasida “Konstitutsiyamiz-huquq va erkinliklarimiz kafolati” mavzusida bayram tadbirini tashkil etib, unda nutq soʻzladi.
Tadbir ishtirokchilari tomonidan berilgan savollarga A.Toʻrayev misollar asosida javoblar berdi. “Muborak GQIZ” rahbariyati tomonidan A.Toʻrayevga oʻz minnatdorchiligini bildirishib, kelgusida bu kabi tadbirlarni oʻtkazib turish albatta oʻzining ijobiy natijasini berishini alohida ta’kidlab oʻtishdi.
Tadbir juda koʻtarinki ruhda oʻtdi.