2021 yil 6-dekabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 29 yilligi munosabati bilan Iqtidor.uz sayti hamda OzLiDeP  Muborak tuman Kengashi  hamkorligida,  Muborak tuman Kasb hunar maktabida, yoshlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida, “Yangi O’zbekiston – xalqchil va insonparvar davlat!” shiori ostida davra suhbati tashkil etildi. Unda Iqtidor. uz sayti rahbari A. Toʻrayev, OzLiDeP Muborak tuman Kengashi raisi P.Jalilov,  tuman Kasb-xunar kolleji oʻqituvchilari va oʻquvchilari  faol ishtirok etdilar.

Davra suhbatida Iqtidor.uz sayti rahbari  A.Toʻrayev soʻz olib O’zbekiston haqiqiy baxtiyor yoshlar mamlakti ekanligi, yoshlar uchun barcha shart-sharoitlar yaratilayotganligi va manashu islohotlarni amalga oshirib, yoshlarning jonkuyari Muhtaram Prezident   Shavkat Mirziyoyevning  “Yangi O’zbekiston strategiyasi” kitobi taqdimoti ham tadbir davomida oʻtkazildi. Unda oʻtgan besh yil davomida mamlakatimiz tarixida erishilgan ulkan oʻzgarishlar, yutuqlar va muvaffaqiyatlar sarhisobi hamda xalqimizning ertangi farovon hayoti uchun amalga oshirilayotgan islohotlarga alohida toʻxtalib oʻtilgani xususida fikrlar bildirdi. Mazkur kitob taqdimoti xususida  oʻquvchilar oʻzlarining fikr-mulohazalarini bildirishdi. Tadbir soʻngida “Yangi O’zbekiston strategiyasi” kitobi Kasb-xunar maktabi uchun  direktor A.Qurbonovga topshirildi.