2021 yil 18 noyabr kuni O’zbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi tasdiqlanganining 30 yilligi munosabati bilan IQTIDOR.UZ veb-sayti tomonidan, tuman Ma’naviyat va ma’rifat markazi Muborak tumanidagi 8-maktabda “Muqaddasdir Vatan bayrogʻi!” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbirda bayrogʻimiz xalqaro maydonda mamlakatimizning kuch-qudrati, xalqimiz gʻururi va iftixori timsoli boʻlib kelayotgani ta’kidlandi. Yoshlar tomonidan Vatanni, istiqlolni, bayroqni madh etuvchi kuy-qoʻshiqlar, ijodiy va koʻrgazmali chiqishlari ijro etildi.

Faol oʻquvchilarga IQTIDOR.UZ veb-sayti tomonidan, qimmatbaho sovgʻalar va kitoblar taqdim etildi.