Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati - O'zLiDePdan Prezidentlikka ko'rsatilgan nomzod Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning Qashqadaryo viloyatidagi ishonchli vakili Temurbek Olimovich Poyonovning Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasidagi saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv tadbiridan so‘ng,    Muborakda "YOSH SAYLOVCHI" targ'ibot tadbiri o‘tkazildi.

Targ‘ibot tadbirida "IQTIDOR.UZ" sayti rahbari A.To‘rayev ishtirok etdi va  ishtirokchilarga yoshlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish hamda saylov qonunchiligi,  joriy yilda mamlakatimizda saylovlarning shaffof hamda demokratik tamoyillar asosida o‘tishi, bunday jarayonlarda albatta, yurtimiz kelajagi hamda taqdiri uchun munosib nomzodga ovoz berishlari yuzasidan tegishli ma'lumotlar berib o‘tdi.