Oliy Majlis’huzuridagi jamoat fondi

“Jamiyatda sog’lom turmush tarzini targ’ib qilish va aholi sog’lig’ini mustahkamlashda fuqarolik jamiyati institutlarining faolligini oshirish”mavzusida davlat grantlarini ajratish uchun to’rtinchi tanlovni

E’LON QILADI

Tanlovga nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining quyidagi maqsadlarni nazarda tutgan ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalar qabul qilinadi:

  1. 1.  Sog’lom turmush tarzi va ommaviy sportni keng targ’ib etishda ijtimoiy sheriklik va jamoatchilik nazoratini yuksaltirish.
  2. 2.  Oilalar, mehnat jamoalari va hududlar o’rtasida musobaqalar o’tkazishni tashkil etish.
  3. 3.  Mahallalar, ta’lim-tarbiya  va mehnat jamoalarida sog’lom ovqatlanish madaniyatini, sanitariya-gigiyena qoidalarini targ’ib qilish.
  4. 4.  “Sog’lom ayol - buyuk kelajak”g’oyasi asosida xotin-qizlar o’rtasida sog’lom turmush tarzini mustahkamlash, jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish.
  5. 5.  Oilaviy ajrimlar, noqonuniy va erta nikohlarning oldini olishda, yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlashda ijtimoiy sheriklikni kuchaytirish.
  6. 6.  Hududlarning sanitariya-ekologik muhitini yaxshilashda, obodonlashtirish va ko’kalamzorlashtirish ijtimoiy sheriklikning ahamiyatini oshirish.
  7. 7.  Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini ta’minlashda ijtimoiy sheriklik va jamoatchilik nazoratini yo’lga quyish.
  8. 8.  Favqulodda holatlarda aholiga birinchi yordam ko’rsatish, o’zini-o’zi himoya qilish ko’nikmalarini shakllantirish.
  9. 9.  Fuqarolarning sog’lom va jismoniy faolligini oshirish, piyoda hamda tibbiy turizmni targ’ib qilish.
  10. 10.  Aholini ish bilan band bo’lmagan qismini milliy hunarmandchilik mahsulotlarini ishlab chiqarishga jalb qilish.
  11. 11.  OAVda va ijtimoiy tarmoqlarda turizm turlarini keng targ’ibetish.
  12. 12.  Hududlarda chiqindilarni ikkilamchi qayta ishlash va tayyor mahsulot olishning innovasion texnologiyalarini joriy qilishda ijtimoiy sheriklikni kuchaytirish.
  13. 13.  Aholining ekologik va tibbiy madaniyatini yuksaltirish, yoshlar o’rtasida sog’lom turmush tarzini targ’ib qilishda OAV rolini oshirish.

Davlat granti ajratish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

1. Tashkilot rahbari tomonidan imzolangan va muhr bilan tasdiqlangan kuzatuv xati. 

2. www.foundngo.uz veb-saytida joylashtirilgan shaklda to’ldirilgan davlat granti loyihasi uchun ariza.

3. Oxirgi o’zgartish va qo’shimchalar bilan davlat ro’yxatidan o’tgan nodavlat notijorat tashkiloti va fuqarolik jamiyati boshqa institutining Ustavi (Nizomi) hamda guvohnomasining nusxalari.

4. Agar loyihani amalga oshirish lisenziyalanadigan faoliyatni talab qilsa, unda lisenziyaning nusxasi.

5. Manfaatdor davlat va jamoat tashkilotlarining tavsiya hamda qo’llab-quvvatlash xatlari. 

Bitta loyiha uchun ajratiladigan grant miqdori –40 million so’mgacha. 

Hujjatlar 2021 yil 25 avgustidan -28 sentyabrigacha qabul qilinadi.

Hujjatlar O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlarni va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo’llab-quvvatlash jamoat fondi nomiga “O’zbekiston pochtasi” orqali yuboriladigan muhrlangan konvertlarda (A4 formatda) quyidagi manzil bo’yicha qabul qilinadi: 100035, Toshkent shahri, Bunyodkor ko’chasi, 1-uy. 

Hujjatlarni taqdim etish shartlari va namunalari bilan Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondining www.fondngo.uz rasmiy veb-saytida tanishish mumkin. 

Ma’lumot uchun telefonlar: (0-371) 239-26-76, 239-26-86.