Quyidagi hollarda abituriyent test sinovlari jarayonidan chetlashtiriladi va natijalari chiqarilmasligiga asos bo’ladi

 

➖test sinovlari o’tkaziladigan hududga yoki binoga kirishda mikrokalkulyator, lug’at, jadval, kitob, uyali telefon, kompyuter, telekommunikasiya qurilmalari va boshqa vositalar, shpargalkalar olib kirishga harakat qilsa, olib kirgan bo’lsa yoki ulardan test sinovlari davomida foydalansa;

➖ test materiallarini boshqa abituriyentga uzatsa yoki ularga yordam bersa;

➖ test sinovlari jarayonida bir-biri bilan gaplashsa;

➖ test materiallarini binodan tashqariga olib chiqsa, test topshiriqlari kitobi varag’ini yirtsa;

➖ test sinovlari uchun ajratilgan vaqt tugagandan so’ng test materiallarini topshirishdan bosh tortsa;

➖ test sinovlari jarayonida videokuzatuvlar orqali abituriyentning tartib va qoidalarga amal qilmaganligi aniqlansa.

 

Manba: https://t.me/huquqiyaxborot