2021 yilning 5-8-yanvar kunlari Samarqand viloyatida faoliyat ko’rsatayotgan umumta’lim maktablari hamda akademik liseylar o’quvchilari o’rtasida umuta’lim fanlari bo’yicha Respublika fan olimpiadalarining III (viloyat) bosqichi bo’lib o’tdi.

Mazkur fan olimpiadasida Ichki ishlar vazirligining Samarqand akademik liseyi 2-bosqich o’quvchisi Bunyod Mardonov tarix fanidan 3-o’rinni, 3-bosqich o’quvchisi Otajon Xudoyshukurov tarix fanidan 2-o’rinni egallab, olimpiadaning navbatdagi IV (Respublika) bosqichida ishtirok etish imkoniyatini qo’lga kiritdi.

Olimpiada g’olib va sovrindorlari viloyat xalq ta’limi boshqarmasining faxriy yorliqlari bilan taqdirlandilar hamda akademik lisey rahbariyati tomonidan rag’batlantirildi.