Bugun shuningdek, poytaxtimizdagi “Navro‘z” marosimlar uyida O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov xotirasiga bag‘ishlab ehson dasturxoni yozildi. Marosimda Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirok etdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Qur’on tilovat qilindi. Tadbirda Respublika vazirlik va idoralar, keng jamoatchilik hamda yurtimizda akkreditatsiyadan o‘tgan diplomatik korpus vakillari ishtirok etdi.

Manba daryo.uz saytidan olingan