HURMATLI TANLOVDA IShTIROK ETIShNI ISTAGANLAR! TANLOV  2018 YIL  NAVROZ BAYRAMI ARAFASIDA BOShLANIShLIGINI MA’LUM QILAMIZ 

“iqtidor.uz”  internet veb-sayti  Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi “Ma’naviyat targ‘ibotchisi” ta’lim muassasasi bilan hamkorlikda 2018 yil 15-martdan e’tiboran 2018 yil 15-mayga qadar respublikamizning aholisi shuningdek, barcha yoshlari o‘rtasida onlayn test shaklida “IQTIDOR KALITI” ko‘rik tanlovi o‘tkazishligini  ma’lum qiladi.  

TANLOV QUYIDAGI TARTIB-QOIDALAR ASOSIDA O‘TKAZILADI:

Tanlov ishtirokchilari  O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, qonun va qonun osti hujjatlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning ma’ruzalari, Murojaatnomasidan kelib chiqqan holda tuzilgan test topshiriqlarini yechishlari lozim bo‘ladi.

Mazkur yo‘nalish bo‘yicha har oyda:

Umumta’lim maktablari va akademik litsey hamda kasb-hunar kollejlari o‘quvchilari uchun 75 (etmish besh) tadan, ikki oyda jami  150 (bir yuz ellik) ta test savollari;

Oliy o‘quv yurtlari talabalari, shuningdek, keng aholi ommasi uchun 100 (bir yuz)tadan ikki oyda jami 200 (ikki yuz)ta test savollari berib boriladi. 

Bu tanlovning ijobiy tomoni shundan iboratki, test savolarini yechish jarayonida tanlov ishtirokchilari biroz qiynalgan savollariga javob topish maqsadida izlanadilar, buning natijasida ular o‘z bilim va savodxonligini oshirishga erishadilar.

Faqat bir oylik test savollarini to‘liq yechgan tanlov ishtirokchilari tanlov ishtirokchisi sifatida e’tirof etiladi va ular g‘olib bo‘lsalar, rag‘batlantiradilar. 

Tanlov yakunlanganidan so‘ng tanlov g‘oliblari hamda g‘oliblarni taqdirlash marosimi haqidagi ma’lumotlar taqdirlash marosimiga  10 (o‘n) kun qolganida "iqtidor.uz" sayti orqalie’lon qilinadi.

 

O‘z navbatida tanlov ishtirokchilarining reytingni baholash quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

– birinchi marta (birinchi urinishda) test variantini yechganda, har bir test savollariga to‘g‘ri javob bergani uchun 3 (uch) balldan;

– ikkinchi marta (ikkinchi urinishda) test variantini yechganda, har bir test savollariga to‘g‘ri javob bergani uchun 2 (ikki) balldan;

– uchinchi va keyingi urinishlarda test variantini yechganda, har bir test savollariga to‘g‘ri javob bergani uchun 1 (bir) balldan beriladi.

Shuni alohida aytish kerakki, tanlov ishtirokchilari afsus chekmasliklari uchun yuqoridagi bosqichlaridan (urinishlaridan) qaysi birida yuqori ball to‘play olgan bo‘lsalar, ularning o‘sha bosqichda to‘plagan ballari test varianti bali sifatida inobatga olinadi.

Umumta’lim maktablari va akademik litsey hamda kasb-hunar kollejlari o‘quvchilari uchun 75 (etmish besh) ta test savollariga javob topishlari uchun 90 (to‘qson) daqiqa (to‘qson minut);

Oliy o‘quv yurtlari talabalari, shuningdek, keng aholi ommasi uchun 100 (bir yuz)ta test savollariga javob topishlari uchun 90 (to‘qson) daqiqa (to‘qson minut) vaqt beriladi.

Tanlov natijalaridan tanlov ishtirokchilari o‘z reytingi va ballaridan o‘z vaqtida xabardor bo‘lib borishlari va tanlov adolatli o‘tishi uchun har bir tanlov ishtirokchisi test variantini yechib bo‘lgandan so‘ng, natijalar tugmasini bosadi va u o‘sha zahotiyoq test savollariga qay darajada, ya’ni nechtasiga to‘g‘ri va nechtasiga noto‘g‘ri javob berganligini ko‘rish hamda o‘ntadan rag‘batlantirish belgilab qo‘yilgan  top 10 (o‘nta) lik o‘rinlarni saytimiz orqali kuzatib borish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

            G‘oliblar o‘zlarining reyting ballaridan kelib chiqqan holda  umumta’lim maktablari va akademik litsey hamda kasb-hunar kollejlari o‘quvchilaridan o‘nta va oliy o‘quv yurtlari talabalari, shuningdek, keng aholi ommasi ichidan o‘nta g‘oliblar aniqlanadi va ular taqdirlanadilar.

            Tanlovda ishtirok etishni istaganlar 2018 yil 15-martdan e’tiboran 2018 yil 15-mayga qadar "iqtidor.uz" saytidan belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tib, belgilab qo‘yilgan har oylik 700 (yeti yuz) so‘mlik to‘lovlar (to‘lovlar PAYNET va CLICK (klik) orqali amalga oshiriladi) to‘lovlar asosida ishtirok etishlari mumkin.

            Tanlov haqida kech xabar topganlar bo‘lishi mumkinligini inobatga olgan holda,  2018 yil 15-mayga qadar bironta bir test savollari "iqtidor.uz" saytidan olib tashlanmaydi.

Tanlov bir bosqichdan iborat bo‘ladi.

            Tanlov g‘oliblariga diplom hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadilar.

 

XULOSA O‘RNIDA

"iqtidor.uz" huquqiy, madaniy, ma’naviy-ma’rifiy saytining asosiy maqsadi aholimiz, xususan, yoshlarimiz o‘rtasida bunday tanlovlarni o‘tkazishdan asosiy maqsad, ularga zarur bo‘lgan ma’lumotlarni, yangiliklarni test shaklida yetkazib berish orqali ularning huquqiy va ma’naviy jihatdan ongini shakllantirib borish barobarida iqtidorlilarni aniqlash va ularni munosib rag‘batlantirish, shuningdek iqtidorlilarning safini yanada kengaytirishga erishishdan iborat.

            Shuni ham alohida qayd etish lozimki, barcha tanlov ishtirokchilari, tanlovda ishtirok etish bilan bir qatorda, eng muhimi, o‘zlarining milliy huquqiy-ma’naviy jihatdan zarur bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lib, bu boradagi salohiyati va savodxonligini oshirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

 

Murojaat uchun telefonlar: (91) 451-15-57

                                       (91) 555-27-43  Ushbu telefon raqamlarga istalgan vaqtlarda qo'ng'iroq qilishingiz mumkin.

                                       (97) 745-97-97  Mazkur telefon raqamiga esa soat 15-00 dan so'ng qo'ng'iroq qilishingiz mumkin.

                                                                        

TANLOVGA MARHAMAT,

AZIZ YuRTDOShLAR!