O’zbekiston Mustaqillikka erishgach, huquqiy demokratik davlat barpo etish orqali faravon hayot qurishni o’z oldiga eng oliy maqsad qilib qo’ydi. Agar e’tibor beradigan bo’lsak, dunyoning bir qator rivojlangan davlatlarida ham rivojlangan huquqiy davlat sharoitidagina fuqarolik jamiyati shakllanishi uchun imkoniyatlar yaratilib, jamiyatda doimiy barqarorlik va xalq faravonligi ta’minlanib kelmoqda.

Xalqimiz      tarixi, dunyoqarashi, ma’naviyati, milliy maifaatlari va milliy an’analarini chuqur anglagan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Abdug’aniyevich Karimov mustaqil O’zbekiston xalqining manfaatlari va orzu-istaklaridan kelib chiqib, 1992 yilda fuqarolik jamiyati va demokratik prinsiplarini o’zida mujassam etgan siyosiy tizimni tashkil etishga qodir bo’lgan Konstitusiya qabul qilishga boshchilik qildi. Bu borada O’zbekiston Respublikasining Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi qabul qilinganining 24 yilligiga bag’ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasida Muhtaram Islom Abdug’aniyevich Konstitusiyamizning loyihasi bo’yicha 1992 yil 8 dekabrda, Oliy Kengashning tarixiy sessiyasida so’zlagan nutqida quyidagi fikrni alohida ta’kidlagan edilar:

“Biz so’nggi yetmish yil mobaynida davlatga qaramlik va sig’inish holatida yashadik. Mamlakatning, undagi barcha boyliklarning, mulkning egasi davlat, deb hisoblab keldik. Ana shu masalada ham Konstitusiyada tub burilish yasalgan.

Ya’ni, Asosiy qonunimizga “davlat, uning idoralari va mansabdor shaxslari jamiyat va fuqarolar oldida mas’uldirlar”, degan modda kiritilgan.

Endilikda inson, uning hayoti, ozodligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa ajralmas huquq hamda erkinliklari muqaddas sanalib, ular davlat tomonidan kafolatlanadi”.

Birinchi Prezidentimizning ana shu fikrlari u kishining davlat, jamiyat va inson hayoti bilan bog’liq har bir masalaga naqadar teran yondashganidan, shu asosda Konstitusiyamizda eng murakkab savollarga ham javob topish mumkin ekanidan dalolat beradi.

Bir so’z bilan aytganda, Islom Karimovni haqli ravishda O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining muallifi, deb e’tirof etish uchun barcha asoslarga egamiz.” – deya ta’kidlagan edilar.

Darhaqiqat, mamlakatimizda xalqimiz faravonligi yo’lida olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari, yoshlarni qo’llab-quvvatlash davlat siyosati darajasiga ko’tarilganligi, ta’lim, sport, madaniyat va bir qator sohalarda yaratilib berilayotgan imkoniyatlar shuningdek, olib borilayotgan keng ko’lamli islohotlar natijasida O’zbekiston  o’tgan tarixan juda qisqa davr ichida barcha sohalarda mislsiz yutuqlarga erishildiki, bu haqli ravishda jahon ahlining havasu hayratiga sabab bo’lmoqda.

Bundan tashqari shuni ham alohida ta’kidlash joizki, Mamlakatimiz Rahbari Shavkat Mirziyoyev tomonidan “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” deb nomlanishining o’zi ham  yurtimizda “Inson manfaatlari hamma narsadan ulug’” degan olijanob maqsadlar sari odimlashimiz zarurligidan darak beradi.

Shuning uchun ham bugungi kunda olib borilayotgan keng ko’lamli islohotlar o’z navbatida xalqimiz hamda yurtimiz faravonligi ta’minlashga qaratilganligini alohida qayd etish lozim bo’ladi.

Bundan tashqari bugungi kunda qabul qilinayotgan qonun hamda qonunosti hujjatlarining mazmun va mohiyatini keng aholiga yetkazish maqsadida joylarda targ’ibot va tashviqot ishlari olib borilmoqda. Jumladan, Qashqadaryo viloyati Muborak tumanidagi bir qator kasb-hunar kollejlarida kollej o’quvchilari hamda mahalla nuroniylari bilan  O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlaridan  Ilxom Nosirov, Qaxramon Ergashev, tuman kengashi deputatlaridan  Panji Jalilov, Faxriddin Fayziyev,O’zLiDepQashqadaryo viloyat Kengashi raisining birinchi o’rinbosari, apparat rahbari Arziqul Sherov hamda “iqtidor.uz”  Internet veb-saytining targ’ibot va tashviqot guruhi rahbari Aktamjon To’rayevlar uchrashuvlar o’tkazib, yig’ilish qatnashchilariga mamlakatimizda olib borilayotgan keng ko’lamdagi islohotlar, qabul qilinayotgan qonun va qonunosti hujjatlari va ularning mohiyati, bunyodkorlik ishlari, yoshlarimizga yaratilib berilayotgan imkoniyatlar, iqtisodiyotimiz rivojlanishida muhim ahamiyatga ega bo’lgan tadbirkorlik faoliyatining xalqimiz faravonligi yo’lidagi ahamiyati, tadbirkorlarimizga yaratilib berilayotgan sharoitlar, imtiyozlar va shu kabi bir qator mavzularda suhbatlar uyushtirishdi.

Suhbatlar jarayonida yig’ilish tashkilotchilari kollej o’quvchilari hamda mahalla nuroniylari tomonidan berilgan savollarga javob berishdi.

Yig’ilish so’ngida yig’ilish qatnashchilari yig’ilish tashkilotchilariga o’z minnatdorchiligini bildirib, kelgusida bu kabi uchrashuvlar ko’proq o’tkazilishiga umid qilib qolishdi.

Xulosa o’rnida shuni alohida aytish mumkinki, mazkur yig’ilishlarni o’tkazishdan asosiy maqsad keng aholi, xususan yoshlarning nafaqat huquqiy balki ma’naviy savodxonligini oshirishda o’z samarasini beradi.

 

“iqtidor.uz” Internet veb-sayti

Tahririyati tomonidan tayyorlandi