Bugungi kunda mamlakatimizda olib borilayotgan keng qamrovli islohotlarda, shuningdek, qabul qilinayotgan qonun va qonunosti hujjatlarda inson sha’ni va qadr-qimmatini hurmat qilish, uning huquq va erkinliklarini eng oliy qadriyat sifatida e’tirof etib kelinmoqda. sh g’oyasi o’z ifodasini topgan.

Jumladan, O’zbekiston Respublikasining Konstitusiyaviy normalarida xalqning, xususan bugungi va ertangi avlod vakillarining huquq va manfaatlarining ifodalanganligini ko’rishimiz mumkin. Davlatimiz o’z yoshlarining kelajagi uchun mas’ullikni zimmasiga olgan holda, huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyatini qurishda yoshlarimizning ertangi kun uchun munosib vorislik masalasiga jiddiy  e’tibor qaratib kelmoqda.

Shu bilan bir qatorda shuni ham alohida ta’kidlash joizki, Mustaqilligimizning dastlabki kunlaridanoq mamlakatimizda O’zbenkiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Karimov boshchiligida demokratik huquqiy davlat qurish va adolatli fuqarolik jamiyatini shakllantirish, inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari ta’minlanadigan kelajagi buyuk davlat barpo etish oliy maqsad qilib olindi.

O’zbekiston Respublikasining ikkinchi Prezidenti etib saylangan Shavkat Mirziyoyev O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 24 yilligiga bag’ishlangan tantanali  marosimdagi ma’ruzasida “Aynan Birinchi Prezidentimizning sa’y-harakatlari bilan Konstitutsiyamizda “Inson va uning qadr-qimmati” degan ulug’ tushuncha markaziy o’ringa qo’yildi.

Muhtaram Islom Abdug’aniyevich Konstitusiyamizning loyihasi bo’yicha 1992 yil 8 dekabrda, Oliy Kengashning tarixiy sessiyasida so’zlagan nutqida quyidagi fikrni alohida ta’kidlagan edilar:

“Biz so’nggi yetmish yil mobaynida davlatga qaramlik va sig’inish holatida yashadik. Mamlakatning, undagi barcha boyliklarning, mulkning egasi davlat, deb hisoblab keldik. Ana shu masalada ham Konstitutsiyada tub burilish yasalgan.

Ya’ni, Asosiy qonunimizga “davlat, uning idoralari va mansabdor shaxslari jamiyat va fuqarolar oldida mas’uldirlar”, degan modda kiritilgan.

Endilikda inson, uning hayoti, ozodligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa ajralmas huquq hamda erkinliklari muqaddas sanalib, ular davlat tomonidan kafolatlanadi” .

Birinchi Prezidentimizning ana shu fikrlari u kishining davlat, jamiyat va inson hayoti bilan bog’liq har bir masalaga naqadar teran yondashganidan, shu asosda Konstitusiyamizda eng murakkab savollarga ham javob topish mumkin ekanidan dalolat beradi.

Bir so’z bilan aytganda, Islom Karimovni haqli ravishda O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining muallifi, deb e’tirof etish uchun barcha asoslarga egamiz.” – deb o’z so’zini davom ettirar ekan “Konstitutsiyamizda belgilangan qonun ustuvorligi prinsipi jamiyatimizda inson huquq va erkinliklarini ta’minlash, barcha islohotlarni samarali amalga oshirishning muhim kafolatidir.

O’tgan davrda qabul qilingan 400 ga yaqin yaxlit qonunlar hayotimizning barcha sohalarini huquqiy tartibga solish bilan birga, fuqarolarning huquq va manfaatlarini ta’minlashga xizmat qilmoqda.

Ayni vaqtda qonunlarning to’liqligi, hayotiyligi va to’g’ridan-to’g’ri amalga oshirish mexanizmlariga ega ekani haqida so’z yuritganda, bu borada hali ko’p ish qilishimiz kerakligini ta’kidlash zarur.”- deya qayd etib o’tdilar.

 Shundan so’ng an’anaga muvofiq O’zbekiston Respublikasining ikkinchi Prezidenti etib saylangan Shavkat Mirziyoyev kirib kelayotgan 2017 yilni yurtimizda “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” deb e’lon qilishni taklif etdilar va barcha tadbir ishtirokchilari ushbu taklifni guldurok qarsaklar ostida mamnuniyat bilan qabul qilishdi.

Shu fursatdan foydalanib “iqtidor.uz” huquqiy, madaniy, ma’naviy-ma’rifiy Internet veb-sayti tashkilotchilari O’zbekiston Respublikasining ikkinchi Prezidenti etib saylangan Shavkat Mirziyoyevni O’zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimov ta’biri bilan aytganda Mamlakatimiz Prezidenti sifatida qadamlari qutlug’ va barakali bo’lishini hamda yurtimizda hamisha tinchlik va omonlik bo’lishini chin dildan tilab qoladi.