O’zbekiston o’z istiqlolini qo’lga kiritib, Prezidentimiz rahnamoligida taraqqiyotning “o’zbek modeli”ni belgilab olgach, har bir sohada keng ko’lamli islohotlarni amalga oshirish eng dolzarb vazifa qilib belgilab olindi. Shundan kelib chiqib, istiqlol yillarida amalga oshirilayotgan islohotlarning bosh maqsadi sifatida mamlakatimizda har bir shaxsning huquq va manfaatlarini himoya qilishning ta’sirchan mexanizmini yaratishga qaratilganligini alohida e’tirof etish lozim bo’ladi.

Buni biz O’zbekistondagi siyosiy jarayonlaridan biri bo’lgan saylov jarayonlari misolida ko’rishimiz mumkin.

Chunki, O’zbekistonda Markaziy saylov komissiyasiga O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini tashkil etish va o’tkazish vakolati berilgan bo’lib,  Markaziy saylov komissiyasi doimiy tarzda faoliyat olib boradigan hamda konstitusiyaviy maqomga ega mustaqil organ hisoblanadi va u o’z faoliyatini mustaqillik, qonuniylik, kollegiallik, oshkoralik va adolatlilik prinsiplari asosida amalga oshiradi.

Markaziy saylov komissiyasi konstitusiyaviy maqomga ega bo’lishi davlat hokimiyati boshqa organlarining hyech qanday aralashuvlarisiz saylovlarga tayyorgarlik ko’rish hamda o’tkazishni ta’minlashga xizmat qiladi. Vaholanki, aksariyat rivojlangan demokratik mamlakatlar konstitusiyalarida ham saylovlarni tashkil etish va o’tkazishga vakolatli bo’lgan organlar hamda ularni tashkil qilish tartibi haqida maxsus qoidalar uchramaydi. Markaziy saylov komissiyasiga berilgan vakolatlarning o’ziyoq yurtimizda saylovlarni demokratik, ochiq va oshkora tarzda o’tkazish hamda unda qonuniylikni har tomonlama ta’minlashning kafolatlari mavjudligini ko’rsatadi.

Shuningdek, Markaziy saylov komissiyasi faoliyatining mustaqilligi saylovlarni adolatli tashkil qilish va o’tkazishning muhim sharti bo’lib hisoblanadi. Shu bois ham milliy qonunchiligimizda Markaziy saylov Komissiya ­faoliyatini davlat hokimiyati organlari, siyosiy partiyalar, guruhlar, jamoat birlashmalarining har qanday aralashuvidan himoya qiladigan qoidalar mustahkamlab qo’yilgan. Bu esa, saylovlarning qonun doirasida adolatli hamda demokratik tarzda o’tishini ta’minlaydi.

Mamlakatimizda fuqarolarimizga yashirin ovoz berish huquqi qonun bilan kafolatlangan bo’lib, saylovchilarning xohish-iroda bildirishlarini har qanday davlat organi, mansabdor shaxslar, shuningdek, jamoat birlashmalari tomonidan nazorat etish qonunga zid ekanligi belgilab qo’yilgan.

Shu bois ham, keng jamoatchilik, ayniqsa yoshlarning milliy saylov konunchiligi borasidagi o’zgarishlar, jumladan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga oid konun hujjatlari va ularning mazmun-mohiyati buyicha xukukiy savodxonligini oshirish, talabalarni saylov jarayonlarida faol ishtirok etishga yunaltiruvchi fukarolik pozisiyasini shakllantirish maqsadida 2016 yil 24 noyabr kuni Samarqand davlat universitetining magistr bosqichi talabalari o’rtasida “Prezident saylovi – demokratik yangilanish va islohotlar ko’zgusi” mavzusida tadbir tashkil etilib, unda yuridik fanlar nomzodi, dosent Xayrulla Mamatov Prezident sayloviga tayorgarlik ko’rish  va uni o’tkazish jarayonlari o’z aksini topgan videoroliklar asosida ma’ruza qilar ekan, bugungi kunda saylov qonunchiligiga kiritilgan o’zgarish va qo’shimchalar hamda ularning ahamiyati, saylov jarayonlarini xalqaro kuzatuvchilar tomonidan bildirilayotgan ijobiy fikrlari va shu kabi bir qator masalalar xususida to’xtalib o’tdi.  

Xayrulla Mamatov o’z ma’ruzasidan so’ng, talabalar tomonidan berilgan barcha savollarga keng qamrovdagi tushunchalar orqali javob berdi.

Tadbir so’ngida Samarqand davlat universitetining Manaviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha birinchi prorektori Alisher Eshtoyev Prezident sayloviga bag’ishlab o’tkazilgan ushbu tadbir hamda mazmunli  ma’ruzasi uchun Xayrulla Mamatovga o’zi va rahbariyati nomidan minnatdorchilik bildirdi.

Xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki, bugungi kunda joylarda shu kabi tadbirlarni o’tkazib borish o’z navbatida talaba-yoshlarning har tomonlama huquqiy hamda ma’naviy savodxonligini oshirishda o’z samarasini beradi, degan umiddamiz.

 

Aktamjon To’rayev

“iqtidor.uz” saytining

targ’ibot-tashviqot

guruhi rahbari