“Tariximiz-shuxratimiz” tanlov ishtirokchilari O’zbekiston Respublikasi tarixiga oid manbalardan, tarixning turli davrlarida mamlakatimiz iqtisodiy va madaniy ravnaqi uchun fidoyilik qilgan davlat arboblari, ulug’ sarkardalar, ilm-fan hamda madaniyat namoyandalari, milliy qahramonlar, qisqacha qilib aytganda, buyuk ajdodlarimiz hayoti va ijodi, ularning madaniy-ma’naviy merosini aks ettiruvchi manbalar asosida tuzilgan test topshiriqlarini yechishi lozim bo’ladi.
Mazkur yo’nalish bo’yicha har 10 (o’n) kunda umumta’lim muassasalari o’quvchilari uchun 7 (yettita)dan, bir oyda jami 21 (yigirma bitta) tadan test savollari, o’rta maxsus, kasb-hunar kollejlari va akademik litsey o’quvchilari, oliy o’quv yurtlari talabalari, shuningdek, keng aholi ommasi uchun har 10 (o’n) kunda o’ntadan bir oyda jami 30 (o’ttiz)ta test savollari berib boriladi. Ya’ni har oyda 3 (uch) marta test savollari berib boriladi.
Shuni ham alohida aytib o’tish joizki, ushbu tanlov "iqtidor.uz" sayti orqali birinchi marta o’tkazilayotganligi, yoshlarimiz, shuningdek, aholimiz o’rtasida mazkur tanlov bo’yicha yetarli darajada tushuncha va ishonch bo’lmaganligi bois 2015-2016 yil uchun tanlov yillik deb e’lon qilingan edi.
Kelgusida yoshlarimiz, shuningdek, aholimiz mazkur tanlovda ishonch bilan harakat qilib, bilimlarini sinab ko’rish maqsadida, ishtirok etishni o’z oldlarga maqsad qilib qo’ysalar va tanlov ishtirokchilarining soni kun sayin ortib borsa, tanlov muddatlarini har 5 (besh) oy yoki hatto 3 (uch) oyda ham tanlov o’tkazishni rejalashtirganmiz.
Chunki tanlov ishtirokchilaring soni qancha ko’p bo’lsa, rag’batlantiruvchilar soni shuncha ko’p bo’ladi va har 5 (besh) oyda, hatto 3 (uch) oyda ham tanlov o’tkazilsa maqsadga muvofiq bo’ladi. Bundan tashqari tanlov ishtirokchilarining erishgan yutuqlarini va kelgusidagi rejalarini ham shu bilan birgalikda, tadbirkorlik bilan shug’ullanuvchi tadbirkorlarimizning erishgan yutuqlari va ular tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarini keng ommaga yetkazish hamda tadbirkorlarimizning ishlab chiqargan mahsulotlariga ehtiyoji bo’lgan xaridorlarimizning sonini oshirish maqsadida "iqtidor.uz" saytimiz orqali reklama va e’lonlarni berib borishimiz mumkin. Bundan ko’zlangan asosiy maqsad iqtidorli yoshlarimiz va tadbirkorlarimizning safini yanada kengaytirish hamda iqtidorli yoshlarimizni munosib rag’batlantirishdan iborat.
Bu tanlovning yana bir ijobiy tomoni shundan iboratki, test savolarini yechish jarayonida tanlov ishtirokchilari biroz qiynalgan savollariga javob topish maqsadida izlanadilar, buning natijasida ular o’z bilim va savodxonligini oshirishga erishadilar.
Faqat barcha 10 (o’n) kunlik test savollarini to’liq yechgan tanlov ishtirokchilari tanlov ishtirokchisi sifatida e’tirof etiladi va ular g’olib bo’lsalar rag’batlantiriladilar.
Tanlovda ishtirok etishni xohlovchilarga yuqorida keltirilgan to’lovlarning qaysi birlari ma’qul bo’lsa, o’sha kompaniya orqali to’lovlarni amalga oshirishlari mumkin.
Mabado tanlov g’oliblari 5 (besh) oy yoki hatto 3 (uch) oyda rag’batlantiriladigan bo’lsa, u holda tanlov yakunlashiga 10 kun qolganida tanlov g’oliblarini taqdirlash kuni va joyi haqida "iqtidor.uz" saytimiz orqali e’lon qilinadi.
O’z navbatida tanlov ishtirokchilarining reytingni baholash quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
– birinchi marta (birinchi urinishda) test variantini yechganda, har bir test savollariga to’g’ri javob bergani uchun 3 (uch) balldan;
– ikkinchi marta (ikkinchi urinishda) test variantini yechganda, har bir test savollariga to’g’ri javob bergani uchun 2 (ikki) balldan;
– uchinchi va undan ortiq marta (uchinchi va undan ortiq urinishda) test variantini yechganda, har bir test savollariga to’g’ri javob bergani uchun 1 (bir) balldan;
– tanlov ishtirokchilari afsus chekmasliklari uchun yuqoridagi bosqichlaridan (urinishlaridan) qaysi birida yuqori ball to’play olgan bo’lsalar, ularning o’sha bosqichda to’plagan ballari test varianti bali sifatida inobatga olinadi;
– umumta’lim o’quvchilari uchun 7 (yettita)ta test savollariga javob topishlari uchun 10 (o’n) daqiqa (minut), o’rta maxsus, kasb-hunar kollejlari va akademik lisey o’quvchilari, oliy o’quv yurtlari talabalari, shuningdek, keng aholi ommasi uchun esa 10 (o’nta)ta test savoli uchun 10 (o’n) daqiqa (minut) vaqt beriladi. Tanlov ishtirokchilari ushbu vaqt davomida istasalar birinchi navbatda aniq bilgan savollariga javob berib, keyin o’tkazib yuborgan test savollariga javob berishlari mumkin bo’ladi. Bundan asosiy maqsad bilgan savollariga tezda javob berib, qolgan vaqt davomida qiynalgan savollariga o’ylagan holda javob berishlariga imkon bo’ladi;
– tanlov natijalaridan tanlov ishtirokchilari o’z reytingi va ballaridan o’z vaqtida xabardor bo’lib borishlari va tanlov adolatli o’tishi uchun har bir tanlov ishtirokchisi test variantini yechib bo’lgandan so’ng, natijalar tugmasini bosadi va u o’sha zahotiyoq o’zining test savollariga qay darajada, ya’ni nechtasiga to’g’ri va nechtasiga noto’g’ri javob berganligini ko’rish imkoniyatiga ega bo’ladi;
– g’oliblar o’zlarining reyting ballaridan kelib chiqqan holda aniqlanadi;
– tanlov bir bosqichdan iborat bo’ladi.
Tanlov g’oliblariga diplom, qimmatbaho sovg’alar hamda ma’lum bir doirada imtiyozlar (kelgusi tanlov jarayonlarida to’lovlarisiz tanlovda ishtirok etish huquqi) berilishi nazarda tutilgan.
XULOSA O’RNIDA
"iqtidor.uz" huquqiy, madaniy, ma’naviy-ma’rifiy saytining asosiy maqsadi aholimizga, xususan, yoshlarimizga zarur bo’lgan ma’lumotlarni, yangiliklarni yetkazib berish orqali ularning qiziqishlarini orttirib, huquqiy va ma’naviy ongini shakllantirib borish barobarida, iqtidorli yoshlarimizning safini yanada kengaytirishdan iboratdir.
Shuni ham alohida qayd etish lozimki, barcha tanlov ishtirokchilari, tanlovda ishtirok etish bilan bir qatorda, eng muhimi, o’zlarining milliy qonunchiligimiz madaniyatimiz, ma’naviyatimiz hamda tariximiz bo’yicha, zarur bilimlarga, ma’lumotlarga hamda tushunchalarga ega bo’lib, o’zlarining mukammal bilim va ko’nikmalarga ega bo’lishlari uchun zamin yaratadi.