Aktam TOʻRAYeV,

Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati

Muborak tuman kengashi deputati

 

Davlatimiz rahbari Murojaatnomasida soʻnggi ikki yilda korrupsiya   iqtisodiyotga  2 trillion soʻmlik zarar yetkazilganligi hamda 5 mingga yaqin mansabdor shaxslar javobgarlikka tortilganligi, davlat xaridlari sohasidagi qonun buzilishi holatlari yuzasidan 272 ta jinoyat ishi ochilib, 508 nafar shaxs javobgarlikka tortilganligi, aniqlangan qonunbuzilishi holatlari yuzasidan qoʻzgʻatilgan jinoyat ishlari natijasida davlat manfaatlariga 121,2 milliard soʻmlik zarar yetkazilganligi aytib oʻtildi. 

Deputatlik guruhimizning Murojaatnomani oʻrganishga bag’ishlangan yig’ilishida mamlakatimizda korrupsiyaning oldini olish choralarini yanada mustahkamlash maqsadida  nazorat - tahlil faoliyat ishlarini talablar darajasida tashkil etish orqali korrupsiyaga sabab boʻluvchi omillarni aniqlash, ularni bartaraf etish uchun amaliy takliflar ishlab chiqishga kelishib oldik.