
2022 yil 7 dekabr kuni Qashqadaryo viloyati Muborak tumanidagi “Shirinbuloq” qishlogida barpo etilgan futbol oʻyingohida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 30 yilligi”ga bag‘ishlangan “Konstitutsiyamiz-huquq va erkinliklarimiz kafolati” mavzusida bayram tadbiri boʻlib oʻtdi.
O‘tkazilgan tadbirda, “iqtidor.uz” huquqiy, madaniy, ma’naviy - ma’rifiy internet veb-sayti rahbari A.Toʻrayev davlat granti loyihasi doirasida “Konstitutsiyamiz-huquq va erkinliklarimiz kafolati” mavzusida bayram tadbirini tashkil etib, unda nutq soʻzladi.
Shu bilan bir qatorda, davlat granti hisobidan qishloq yoshlariga va 20-sonli umumiy oʻrta ta'lim maktabi oʻquvchilariga futbol koptogi hamda sport kiyimlari taqdim etildi.
Oʻtkazilgan tadbirdan xursand boʻlgan tadbirda ishtirok etgan yoshlar tadbir tashkilotchilariga ya’ni, “iqtidor.uz” huquqiy, madaniy, ma’naviy - ma’rifiy internet veb-sayti tashkilotchilariga oʻz minnatdorchiligini bildirishib oʻtishdi.
Tadbir soʻnggida tadbir tashkilotchilari ham kelgusida bu kabi tadbirlarni tez-tez oʻtkazib turishlarini alohida aytib oʻtishdi.
Tadbir uyushqoqlik asosida oʻtdi.