Davlat chegarasi orqali quyidagilar ustuvor tartibda, navbatsiz o’tkaziladi:

– O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari va xalqaro shartnomalarga muvofiq muayyan imtiyozlarga ega shaxslar, og’ir bemorlar, homilador va nogironligi bo’lgan shaxslar, 7 yoshgacha bo’lgan bolalar, ularga hamrohlik qiluvchi shaxslar va ular ketayotgan avtotransport vositalari;

– xalqaro yo’nalishlarda yo’lovchilarni muntazam tashiydigan transport vositalari;

– tirik hayvonlar, tez buziladigan tovarlar, radioaktiv materiallar, ommaviy axborot vositalari uchun xabarlar va boshqa materiallar;

– tabiiy ofatlar, avariyalar, halokatlar oqibatlarini bartaraf etishda zarur bo’lgan va insonparvarlik yordami sifatida yuboriladigan tovarlar, shuningdek, ushbu tovarlar olib o’tiladigan transport vositalari;

– O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi yoki Vazirlar Mahkamasining tegishli yozma topshirig’iga muvofiq shaxslar, transport vositalari va tovarlar;

– O’zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalariga yuboriladigan tovarlar;

– O’zbekiston Respublikasining oliy qonunchilik, ijro etuvchi va sud hokimiyati organlariga yuboriladigan tovarlar.

Shaxslar, transport vositalari va tovarlar zarur hollarda chegara nazorati bo’linmasi rahbari hamda bojxona organi boshlig’ining o’zaro kelishuviga asosan ustuvor tartibda o’tkazilishi mumkin.