Oʻzbekistondan tashqarida ish qidirayotgan shaxslarni ishga joylashtirish boʻyicha xizmatlar uchun haq ish qidirayotgan shaxslardan emas, ish beruvchilardan undiriladi.

Mazkur xizmatlarni koʻrsatuvchi xususiy bandlik agentliklari BHMning 8 500 baravari miqdoridagi mablagʻni Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolarni qoʻllab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg’armasida zaxira qilib qoʻyadi.

Xususiy bandlik agentliklari ishga joylashtirish sohasida taqdim etadigan axborot va maslahat xizmatlarining qiymati BHMning bir baravarigacha (300 ming soʻmgacha) miqdorni tashkil etadi.

Shuningdek, xususiy bandlik agentliklarining chet ellik ish beruvchi, sheriklar bilan hamkorlik toʻgʻrisida shartnoma tuzishi ham zaruriy shart hisoblanadi.

Manba: huquqiy axborot