Haydovchi mastlik holati bo’yicha tekshiruvdan boʻyin tovlasa, 1 yilu 6 oydan 3 yilgacha boʻlgan muddatga transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum qilinadi va 4 mln 500 ming soʻm miqdorida jarimaga tortiladi.

Xuddi shunday huquqbuzarlik transport vositalarini boshqarish huquqi boʻlmagan shaxs tomonidan sodir etilsa, 9 mln so’m miqdorida jarima yoki 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi qoʻllaniladi.

Mazkur huquqbuzarlikning moped, velosiped haydovchi, ulovli aravani boshqarib boruvchi shaxs tomonidan sodir etilishi BHMning 3 baravari (900 ming soʻm) miqdorida jarima solishga sabab bo’ladi.

Manba: huquqiy axborot