2021 yil 12 noyabr kuni IQTIDOR.UZ veb-sayti tomonidan, Muborak tumanidagi 7 umumiy o‘rta ta’lim maktabida "Baxshilarni e’zozlar bu yurt" shiori ostida, O‘zbekiston Xalq Baxshisi Maxmatmurod Rajabov va uning shogirdlari ishtirokida baxshilar va yoshlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

 Doston o‘zbek xalqining keng tarqalgan va yirik janrlaridan biridir. Uning yaratilishi xalqimizning ma’naviy-maishiy qiyofasi, ijtimoiy-siyosiy kurashlari, axloqiy-estetik qarashlari, adolat va haqqoniyat, ozodlik va tenglik, qahramonlik va vatanparvarlik haqidagi ideallari bilan chambarchas bogʻliqdir.

Doston murakkab san’at asari bo‘lib, uning doston bo‘lishi uchun adabiy matn, she’r, musiqa, aytim yo‘li lozim, shu tufayli doston ijrochisi – baxshi-shoir deyiladi.

Tadbir so‘ngida faol o‘quvchi yoshlar IQTIDOR.UZ veb-sayti davlat granti hisobidan ragʻbatlantrildi.