Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi

2021 yilda davlat organlarning ijtimoiy buyurtmanoma loyihalari asosida
NNT va fuqarolik jamiyatiningboshqa institutlariga davlat ijtimoiy buyurtmasi tanlovini

QAYTA E’LON QILADI

(mln. so’m)

Davlat organlari faoliyatining ustuvor yo’nalishlari, davlat ijtimoiy buyurtmasining maqsad va vazifalari

So’ralayotgan mablag’

 

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo’mitasi

 

  1. 1.             

Ustuvor yo’nalish: Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi masalalarida jamoatchilik va fuqarolik jamiyati institutlari bilan mustahkam hamkorlikni ta’minlash.

Asos: Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 15 yanvardagi “O’zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo’mitasi to’g’risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 29-sonli qarori.

Maqsad: Imkoniyaticheklanganbolalarnitabiatbilanuzviyliginita’minlash.

Vazifa:Tabiatni o’rganish inson kamolotining muhim omillaridan biri ekanligini anglash va tabiatdagi hodisalarning ta’siri haqidagi bilim-ko’nikmalarni mustahkamlash.

100,0

 

  1. 2.             

Ustuvor yo’nalish: Qattiq maishiy chiqindilar bilan bog’liq ishlarni amalga oshirish masalalarida ekologik ta’lim va tarbiya tizimini rivojlantirish

Asos: 2019 yil 17 apreldagi “2019-2028 yillar davrida O’zbekiston Respublikasida qattiq maishiy chiqindilar bilan bog’liq ishlarni amalga oshirish strategiyasini tasdiqlash to’g’risida”gi PQ-4291-sonli qaror

Maqsad: Chiqindilarni boshqarish masalasida aholi xabardorligini va individual mas’uliyatini oshirish

Vazifa: Chiqindilarni alohida saralash madaniyatini rivojlantirish, qattiq maishiy chiqindilarni boshqarish yuzasidan xabardorligini oshirish va targ’ib qilish.

400,0

 

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

 

  1. 3.             

Ustuvor yo’nalish: Jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish

Asos: 2020 yil 29 iyundagi “O’zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi PF-6013-sonli farmon

Maqsad: Ommaviy axborot vositalari va blogerlarni korrupsiyaga qarshi kurashish sohasiga keng jalb etish.

Vazifa: Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida jurnalist va blogerlarning jurnalistik surishtiruvlarini tashkil etish bo’yicha bilim va ko’nikmalarini oshirish.

200,0

 

  1. 4.             

Ustuvor yo’nalish: Jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish.

Asos:2020 yil 29 iyundagi “O’zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi PF-6013-sonli farmon

Maqsad: Korrupsiyaga oid xavf-xatarlar yuqori bo’lgan sohalar hamda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar sodir etilishining sabab va shart-sharoitlarini aniqlashva tahlil qilish.

Vazifa: Butun respublika bo’ylab fuqarolar o’rtasida korrupsiyaning hayotga ta’sirini baholash, hududlar va sohalar bo’yicha korrupsiya darajasi, sabablari va shart-sharoitlarini aniqlash va tahlil qilish.

300,0

 

 

Jami 4ta loyiha

1 000,0

 

         

Ijtimoiy ahamiyatga molik bo’lgan loyihani amalga oshirishda davlat ijtimoiy buyurtmasining shartlari:

- ijrochi-tashkilot belgilangan tartibda NNT sifatida ro’yxatdan o’tgan bo’lishi zarur;

- davlat ijtimoiy buyurtmasini bajarish doirasida amalga oshiradigan faoliyatning ijrochi-tashkilotning ustavidagi vazifalarga muvofiqligi;

- ijrochi-tashkilotda loyihani amalga oshirish uchun zarur bo’lgan tashkiliy, kadrlar va texnik imkoniyatning mavjudligi;

- ijrochi-tashkilotda ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalar va dasturlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish borasidagi tajribaning mavjudligi;

- loyihani amalga oshirish haqidagi shartnomani sifatli va o’z vaqtida bajarish, uni amalga oshirish vaqtida ajratilgan mablag’lardan maqsadli foydalanishni, ochiqlik va oshkoralikni ta’minlash, amaldagi qonun hujjatalariga to’liq rioya etish.

Davlat ijtimoiy buyurtmasi berilishi uchun quyidagi hujjatlar taqdim etilishi zarur:

  1. Ariza taqdim etayotgan NNT va fuqarolik jamiyati boshqa institutining rahbari imzosi va muhr bilan tasdiqlangan kuzatuv xati;
  2. Jamoat fondining fondngo.uz rasmiy veb saytida joylashtirilgan shaklda to’ldirilgan davlat ijtimoiy buyurtmasi loyihasi uchun ariza;
  3. Oxirgi o’zgartish va qo’shimchalar bilan davlat ro’yxatidan o’tgan NNT va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarining Ustavi (Nizomi) nusxasi;
  4. Tashkilotning davlat ro’yxatidan o’tganligini tasdiqlovchi guvohnoma nusxasi;
  5. Agar loyihani amalga oshirish lisenziyalanadigan faoliyatni talab qilsa, unda  lisenziyaning nusxasi taqdim etiladi.

Hujjatlar 2021 yil25 avgustidan 28 sentyabrigacha qabul qilinadi. Taqdim etilgan muhim ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalar Jamoat fondi mablag’larini boshqarish bo’yicha Parlament komissiyasi tomonidan ko’rib chiqiladi va natijalari e’lon qilinadi.

Hujjatlar «O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi NNT va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarini qo’llab-quvvatlash Jamoat fondi» nomiga «O’zbekiston pochtasi» orqali muhrlangan konvertda (A4 format) quyidagi manzil bo’yicha qabul qilinadi: 100035, Toshkent shahri Bunyodkor ko’chasi 1-uy.

Hujjatlarni taqdim etish shartlari va namunalari bilan Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondining fondngo.uz rasmiy veb saytida tanishish mumkin.

Ma’lumot uchun telefonlar: (0-371) 239-26-76, 239-26-86.