Oliy Majlis’huzuridagi jamoat fondi

“Yangi O’zbekistonda erkin va farovon yashaylik!”g’oyasi asosida

fuqarolik jamiyati institutlarining ma’naviy-ma’rifiy va targ’ibot-tashviqot loyihalariga davlat grantlari ajratish uchun qo’shimcha beshinchitanlovni

E’LON QILADI

Tanlovga nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatini boshqa institutlarining quyidagi yo’nalishlardagi ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalari qabul qilinadi:

1. “Temir”, “Ayollar”, “Yoshlar” va “Mehr” daftarlariga kiritilgan shaxslarningsiyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy hayoti darajasini yaxshilashga ko’maklashish.

2. Davlat organlari faoliyatida ochiqlik va oshkoralikni kengaytirish, aholida ma’naviy uyg’oqlik va ijtimoiy mas’ullika asoslangan yangicha dunyoqarashni shakllantirish.

3. Samaraliijtimoiysheriklikasosidamanzilliqo’llab-quvvatlashdaftarlarigakiritilganshaxslargashart-sharoitvaimkoniyatlaryaratish.

4. Keksalar, nogironlar, og’ir ahvolga tushib qolgan insonlarni qo’llab-quvvatlash, ularga mehr va muruvvat ko’rsatishda davlat organlariga ko’maklashish.

5. Mahalla, qishloq va ovullarning rivojlantirish nuqtalarini belgilashda ijtimoiy sheriklik va jamoatchilik nazorati mexanizmlarini yo’lga qo’yish.

6. Uy xo’jaligini yangi ish o’rinlari yaratishga va daromadlar manbaiga transformasiyalash.

7. Aql, ilm-fan, intellektual salohiyat, bilim va tajribani mahallalarning iqtisodiy rivojlantirish nuqtasi va resurs manbasiga aylantirish.

8. Sog’liqni saqlash sohasidagi korrupsiya holatlarini oldini olishga qaratilgan jamoatchilik nazoratining ta’sirchan mexanizmlarini joriy etish.

9. Aholining tibbiy madaniyatini oshirishda va sog’lom turmush tarzi tamoyillarini keng targ’ib etishda jamoat tashkilotlari faolligini oshirish.

10. Jamiyatda huquqiy va axloqiy saviyani, muloqot madaniyatini yuksaltirish,ma’naviy-ma’rifiy, madaniy-gumanitar sohada insonparvarlik ruhini kuchaytirish.

11. Xalq bilan muloqotda hamda joylardagi muammolarini tizimli hal qilishda ijtimoiy sheriklik va jamoatchilik nazorati mexanizmlarini kuchaytirish.

12. Nuroniylarni ijtimoiy qo’llab-quvvatlash, ularning boy tajribasi, foydali maslahatlarini yoshlarga chinakam tarbiya maktabi sifatida singdirish.

13. “Obod qishloq”, “Obod mahalla”, “Yoshlar kelajagimiz”, “Har bir oila tadbirkor”kabi dasturlar ijrosida fuqarolik jamiyati institutlarining tashabbuslarini qo’llab-quvvatlash.

Davlat granti ajratish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

1. Tashkilot rahbari tomonidan imzolangan va muhr bilan tasdiqlangan kuzatuv xati. 

2. www.foundngo.uz veb-saytida joylashtirilgan shaklda to’ldirilgan davlat granti loyihasi uchun ariza.

3. Oxirgi o’zgartish va qo’shimchalar bilan davlat ro’yxatidan o’tgan nodavlat notijorat tashkiloti va fuqarolik jamiyati boshqa institutining Ustavi (Nizomi) hamda guvohnomasining nusxalari.

4. Agar loyihani amalga oshirish lisenziyalanadigan faoliyatni talab qilsa, unda lisenziyaning nusxasi.

5. Manfaatdor davlat va jamoat tashkilotlarining tavsiya hamda qo’llab-quvvatlash xatlari. 

Bitta loyiha uchun ajratiladigan grant miqdori – 50 million so’mgacha. 

Hujjatlar 2021 yil25 avgustidan -28 sentyabrigacha qabul qilinadi.

Hujjatlar O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlarni va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo’llab-quvvatlash jamoat fondi nomiga “O’zbekiston pochtasi” orqali yuboriladigan muhrlangan konvertlarda (A4 formatda) quyidagi manzil bo’yicha qabul qilinadi: 100035, Toshkent shahri, Bunyodkor ko’chasi, 1-uy. 

Hujjatlarni taqdim etish shartlari va namunalari bilan Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondining www.fondngo.uz rasmiy veb-saytida tanishish mumkin. 

Ma’lumot uchun telefonlar: (0-371) 239-26-76, 239-26-86.