Oliy Majlis’huzuridagi jamoat fondi

“Yoshlarni ma’naviy yetuk qilib tarbiyalashda hamda bandligini ta’minlashda ijtimoiy sheriklikni kuchaytirish”mavzusida

davlat grantlarini ajratish uchun uchinchi tanlovni

E’LON QILADI

Tanlovga nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining quyidagi maqsadlarni nazarda tutgan ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalar qabul qilinadi:

  1. 1. Manzilli qo’llab-quvvatlash daftarlariga kiritilgan yoshlarni chinakam ma’rifat va yuksak madaniyat egasi bo’lishiga ko’maklashish.
  2. 2. Yoshlarda milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat tuyg’usini shakllantirishning innovasion usullarini joriy etish.
  3. 3. Buyuk ajdodlarimizning vatanparvarlik va taraqqiyparvarlik to’g’risidagi boy ma’naviy-ma’rifiy merosini yoshlar ongiga singdirish.
  4. 4. Manzilli qo’llab-quvvatlash daftarlariga kiritilgan yoshlarni “Besh muhim tashabbus” doirasida ijtimoiy faolligini oshirishga ko’maklashish.
  5. 5. Uchinchi Renessans g’oyasining mazmun mohiyatini aholining barcha qatlamlari, ayniqsa yoshlar tafakkuriga singdirish.
  6. 6. “Yoshlar” va “Mehr” daftariga kiritilgan yoshlarning huquqiy ongi, madaniyati va inson huquqlari borasidagi bilimlarini yuksaltirish.
  7. 7. Notinch, kam ta’minlangan, boquvchisini yo’qotgan oilalarning farzandlarini,uyushmagan, tarbiyasi og’ir yoshlarning bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish.
  8. 8. Chekka va chegara hududlardagi mahalla, ovul, ta’lim muassasalarida
    va jamoat tashkilotlarida yoshlarning ma’nan va jismonan yetuk inson bo’lib kamol topishiga ko’maklashish.
  9. 9. Yoshlar o’rtasida erta nikoh, erta tug’ruqni oldini olish, oilaning muqaddas qadriyatlarini ularning tafakkuriga singdirish.
  10. 10. Muqaddam sudlangan, uyushmagan, tarbiyasi og’ir yoshlarning jamiyatga qayta ijtimoiy integrasiyasiga ko’maklashish.
  11. 11. Nogiron, uyushmagan, tarbiyasi og’ir, kam ta’minlangan, chin yetim yoshlarningqayta kasbga tayyorlash, ularning g’oya va tashabbuslarini ro’yobga chiqarish va bandligini ta’minlash.
  12. 12. Turli huquqbuzarliklarga moyil yoshlarni, voyaga yetmaganlarni ma’naviy-ma’rifiy, ahloqiy tarbiyalashda ijtimoiy sheriklikni kuchaytirish.

 

Davlat granti ajratish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi: 

1. Tashkilot rahbari tomonidan imzolangan va muhr bilan tasdiqlangan kuzatuv xati. 

2. www.foundngo.uz veb-saytida joylashtirilgan shaklda to’ldirilgan davlat granti loyihasi uchun ariza.

3. Oxirgi o’zgartish va qo’shimchalar bilan davlat ro’yxatidan o’tgan nodavlat notijorat tashkiloti va fuqarolik jamiyati boshqa institutining Ustavi (Nizomi) hamda guvohnomasining nusxalari.

4. Agar loyihani amalga oshirish lisenziyalanadigan faoliyatni talab qilsa, unda lisenziyaning nusxasi.

5. Manfaatdor davlat va jamoat tashkilotlarining tavsiya hamda qo’llab-quvvatlash xatlari. 

Bitta loyiha uchun ajratiladigan grant miqdori – 40 million so’mgacha. 

Hujjatlar 2021 yil 25 avgustidan -28 sentyabrigacha qabul qilinadi.

Hujjatlar O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlarni va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo’llab-quvvatlash jamoat fondi nomiga “O’zbekiston pochtasi” orqali yuboriladigan muhrlangan konvertlarda (A4 formatda) quyidagi manzil bo’yicha qabul qilinadi: 100035, Toshkent shahri, Bunyodkor ko’chasi, 1-uy. 

Hujjatlarni taqdim etish shartlari va namunalari bilan Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondining www.fondngo.uz rasmiy veb-saytida tanishish mumkin. 

Ma’lumot uchun telefonlar: (0-371) 239-26-76, 239-26-86.