Аxmatov Doniyor Egamqulovich

Samarqand viloyat Narkologiya Dispanseri shifokori

Аbdullaeva Shoxsanam Nasrullaevna

Siyob Аbu Аli Ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi oʼqituvchisi

 

Аnnotatsiya. Ushbu maqolada kundalik turmushda uchraydigan ayanchli holatlarning kelib chiqish sababi boʼlgan norkologik isteʼmol odatlariga ruju qoʼyish oqibatlari va uning oldini olish chora tadbilari yuzasidan fikr bildirilgan. Bundan tashqari, tamaki chekish natijasida odam organizmida sodir boʼladigan potologik holatlar va davolash choralari boʼyicha fikr bildirilgan.

Bugungi kunda sogʼlom turmush tarzini shakllantirish, nojoʼya oqibatlarni keltirib chiqaradigan omillarni, qolaversa, oilalarning buzilib ketishiga sabab boʼluvchi hodisalarni bartaraf etish saʼy xarakatlari qanchalik olib borilmasin, aksariyat insonlar bunga tamoman befarqdirlar. Oʼz salomatligini oʼylamasligi oqibatida nafaqat oʼzi balkim, yon atrofidagi kishilar salomatligiga ham aziyat yetkazayotganligini anglab yetmaydi. Qanchadan qancha bolalarning nogiron boʼlib qolishi, turli kasalliklar bilan ogʼrigan bemorlar soni tobora ortib borayotganligi fikrimiz isbotidir.

Birgina chekish odati haqida fikr yuritadigan boʼlsak, ayrim tutaydigan oʼsimlik mahsulotlari tutunidan nafas olish demakdir. Chekish bu keng tarqalgan zararli oqibatlardan biri boʼlib, chekuvchi va uning yon atrofidagi insonlar salomatligiga salbiy taʼsir koʼrsatadi. Yurak qon tomir, meda, oʼpka kasalliklari avj olishiga olib keladi. Eng yomoni ilk marotaba tamaki isteʼmol qilgan keyinchalik oʼrganib qoladi, natijada chekmasa turolmaydigan holga kelib qoladi.

Tamaki tarkibidagi nikotin odam organizmiga kuchli taʼsir etib markaziy va periferik nerv sisitemasiga vaqtincha qoʼzgʼatuvchi taʼsir koʼrsatadi, arterial qon yuosimini oshiradi, mayda kapillyar qon tomirlarni toraytiradi va nafas olinish jarayonini tezlashtiradi. Nikotin bilan birga tamaki tutunidagi yonuvchi mahsulotlar ham organizmni zaharlab boradi. Tamaki tutunidan tish emali shikastlanadi, natijada tishlar sariq rangga kirib qoladi.

Bundan tashqari, karies, stomatit kabi kasalliklarni vujudga keltiradi, u bronxlar shilliq pardasiga taʼsir etib, surunkali bronxit va oʼpka emfizemasiga, keyinchalik davosi yoʼq xavfli oʼsmalar rivojlanishiga olib keladi. Surunkali uzoq vaqt chekish kishining tez keksayib qolishiga ham sabab boʼladi. Toʼqimalarning kislorod bilan yetarli darajada taʼminlanmasligi, kapillyar qon tomirlarining torayishi chekuvchilarning tashqi koʼrinishini oʼzgartirib yuboradi. Nafas yoʼllari shilliq pardasidagi oʼzgarish tovushga ham taʼsir etadi. Nikotin yoshlarga va keksalarga ancha salbiy taʼsir koʼrsatadi, chunki ularning nerv sistemasi nikotin taʼsiriga oʼta sezuvchan boʼladi.

 Nafas olish aʼzolari kasallanish holatlariga nazar soladigan boʼlsak, Samarqand viloyati aholi salomatligi holati. 2017 yil holati boʼyicha nafas yoʼllari kasalliklari bilan ogʼrigan bemorlar: umumiy kasallanganlar soni 549409 nafar, 2018 yil holati boʼyicha nafas yoʼllari kasalliklari bilan ogʼrigan bemorlar: umumiy kasallanganlar soni 490871 nafar.

 Tumanlar miqyosida. Past Dargʼom tumani boʼyicha nafas yoʼllari kasalliklari bilan ogʼrigan bemorlar: umumiy kasallanganlar soni 18784 nafar, 2019 yil holati boʼyicha. Nafas yoʼllari kasalliklari bilan ogʼrigan bemorlar: umumiy kasallanganlar soni 17792 nafar. Samarqand shaxri boʼyicha nafas yoʼllari kasalliklari bilan ogʼrigan bemorlar: umumiy kasallanganlar soni 23188 nafar. 2019 yil holati boʼyicha nafas yoʼllari kasalliklari bilan ogʼrigan bemorlar: umumiy kasallanganlar soni 224126 nafar. Urgut tumani boʼyicha 2018 yilda. Nafas yoʼllari kasalliklari bilan ogʼrigan bemorlar: umumiy kasallanganlar soni 2188 nafar. 2019 yil holati boʼyicha nafas yoʼllari kasalliklari bilan ogʼrigan bemorlar: umumiy kasallanganlar soni 2126 nafarni tashkil etadi. Bu holatlarda asosan yillar davomida chekib kelishdan aziyat chekganlar koʼpchilikni tashkil etishini koʼrishimiz mumkin.

Bugungi kunda koʼplab ommaviy axborot vositalarida va oliy taʼlim muassasalarida va mahallalarda chekishning salbiy oqibatlari, uning organizmga zararli taʼsiri, tamaki chekishning kelib chiqish tarixi, nojoʼya taʼsirlar borasida targʼibot tashviqot ishlari, maʼnaviy maʼrifiy uchrashuv anjumanlari tashkil etilmoqda. Bundan tashqari, chekish va unga qarshi kurashish, uning oqibatida kelib chiqadigan muammoli holatlar oldini olish profilaktik tadbirlari keng koʼlamda targʼibot etilmoqda.

Tamaki yurak qon tomir, nafas olish sistemasi, ovqat hazm qilish, asab va ichki sekretsiya jinsiy bezlar kabi aʼzolariga zararli taʼsir etib, miokard infarkti, xafaqon kasalliklari, bronxlarning surunkali yalligʼlanishi, saraton singari koʼpkina havfli kasalliklarga sabab boʼlishining guvohi boʼlamiz. Oʼpka saratoni kasalligiga chekishning 96 % aynan kaashandalar hissasiga toʼgʼri kelishini, tamaki organizmning jinsiy faoliyatiga va naslga salbiy taʼsir qiilishini, farzandsizlikka, tugʼiladigan bolalarni zaif, nogiron, jimsoniy nuqsonlar bilan dunyoga kelishiga ham sabab boʼladi. Inson salomatiliga rahna soluvchi tamaki mahsulotlarini chekishga aslo yoʼl qoʼymaslik lozim.

Tamaki chekishning oqibatlari juda turlicha boʼlishi mumkin tamaki tutuni deyarli barcha ichki organlarga taʼsir qiladi. Ushbu zararli odatlarning eng koʼp kuzatiladigan asoratlari quyidagilardir: surunkali bronxit, nafas olish tizimining onkologik kasalliklari, yurak qon tomir patologiyalari (YIK arterial gipertoniya, qon tomir trombozi va boshqal). Tamaki tutunidan aziyat chekmaydigan aʼzo yoʼq. Oʼz salotligimizga befarq boʼlmagan holda sogʼlom turmush tarziga rioya qilinsa, yomon oqibatlarga olib keluvchi odatlardan yiroq yursak, kelajak avlodga munosib namuna boʼlgan, umrimizning uzoq boʼlishini taʼminlagan boʼlamiz.