Madjidova Tanzila Raximovna

Keldiyarova Gulmira Farxodovna

(Samarqand davlat universiteti Geografiya va Ekologiya fakulьteti)

 

АNNOTATSIYA.

Ushbu maqolada Samarqand viloyatidagi parrandachilik mahsulotlarini yetishtirish korxonalarining faoliyati, ekologik xavfsizlik darajasi, chora tadbirlarining toʼgʼri tashkil etilganligi va monitoring natijalari keltirib oʼtilgan. Bundan tashqari, parrandachilik mahsulotlarini yetishtirish jarayonlari, korxonadagi tashkillashtirilgan va tashkillashtirilmagan manbalardan ajralib chiqadigan zararli moddalar tahlillari, ularning inventarizatsiyasi, hisobiy va laboratoriya usullari asosida olingan natijalar, ishlab chiqarish korxonasining atrof-muhitga taʼsirining baholanishi keltirib oʼtilgan.

Kalit soʼzlar: baholash, invenratizatsiya, monitoring, analiz, normativ xujjatlar, atmosfera havosi, tashlanmalar, zararli moddalar.

KIRISh. Insonni oʼrab turgan atrof-muhitni muhofaza qilish XXI asrning eng dolzarb muammolaridan biri boʼlib qoldi. Sababi shundaki, ilmiy-texnika inqilobi turli fanlar erishgan yutuqlarning natijasi boʼlib, tabiiy resurslardan muddatli foydalanishga imkoniyat yaratdi. Bu esa, oʼz navbatida, jamiyatning ishlab chiqarish kuchlarini rivojlantirib, moddiy va maʼnaviy ehtiyojini qondirishga shart-sharoit tugʼdirdi. Аmmo ilmiy-texnika inqilobining tez surʼatlar bilan rivojlanishi jamiyat bilan tabiat oʼrtasidagi, inson bilan oʼrab turgan muhit oʼrtasidagi oʼzaro munosabatlarni murakkablashtirib, biosferadagi ekologik jarayonlarni boshqarishda kutilmagan oʼzgarishlarni keltirib chiqarmoqda. Koʼpincha, bu munosabatlarning oʼzgarishi suv, atmosfera, tuproq va boshqa tabiiy unsurlarning juda tez turli chiqindilar bilan tobora ifloslanib borishiga olib kelmoqda.

Аtrof muhitning ifloslanish jarayonini oʼrganish eng muhim yoʼnalishlaridan biri hisoblanadi. Ifloslantiruvchi moddalarni atmosferaga chiqarish, ishlab chiqarish chiqindilarini hosil qilish manbalarini xatlovdan oʼtkazish (inventarizatsiya) va tashlamalarning yoʼl qoʼyiladigan cheklangan miqdori loyihalarini ishlab chiqish keng yoʼlga qoʼyilgan. Bunday hujjatlarning ishlab chiqilishi hududning qanchalik darajada ifloslanishini aniqlash va ularning oldini olishda muhim ahamiyatga ega.

“Samarkand-NPK” maʼsuliyati cheklangan jamiyati azot-fosfor-kaliy (NPK-mineral oʼgʼit) ishlab chiqarish qoʼshma korxonasi Samarqand viloyati Samarqand shahri “Samarqandkimyo” АJ hududida Samarqand shahridan 7 km gʼarb tomonda va “Superfosfat” qoʼrgʼonidan 2 km janubiy-gʼarb tomonda uzoqlikda joylashgan.

 Korxonaning umumiy yer maydoni 5,7 gektarni tashkil kiladi. Korxona quyidagicha chegaralanadi. Shimol tomondan ochiq maydon, gʼarb tomondan “Juma qum koni” MChJ qum karьeri, sharq tomondan avtotransport korxonasi va qurilish materiallari konstruktsiyasi kombinati, yogʼochni qayta ishlash zavodi sanoat qurilish korxonasi, janub tomondan Pasdargʼom tumani fermer xoʼjaliklari yerlari bilan chegaralanadi.

 Korxonaga eng yaqin aholi punkti 1600 metr masofada joylashgan.

Korxonaning asosiy faoliyati azot-fosfor-kaliy (NPK-mineral oʼgʼit) ishlab chiqarishdan iborat. Korxonaning ish rejimi 24 soat/sut, 310 kun/yil. Korxonada faoliyat koʼrsatayotgan ishchi xodimlar soni 151 kishi. Korxona joylashgan hududning relьefi tekislik, joyning relьef taʼsir koeffitsienti 1 ga teng. Korxona joylashgan hududning meteorologik maʼlumoti va koeffitsientlari jadvalda koʼrsatilgan.

 

METOD. Chiqindi gazli oqimlardagi ifloslantiruvchi moddalar tarkiibini va miqdorini aniqlash uchun quyidagi usullar foydalaniladi:

- nazariy (muvozanatli);

- hisob-tahliliy (eksperimental);

- hisob-statik.

Nazariy usul dastlabki xomashyo, yoqilgʼi, materialar kimyoviy tarkibi va xossalarini, agregatlarning konstruktiv va geometrik oʼziga xosliklarini, ishlatiladigan jihozning moddalar maksimal unumdorligini taʼminlaydigan texnologik parametrlarni, jarayonlarni hisobga olgan holda, texnologik jarayonlar issiqlik va moddiy balansi asosida ifloslantiruvchi moddalar tarkibi va miqdorini aniqlashga imkon beradi. U yangi ishlab chiqarishlarni loyihalashda, shuningdek mavjud texnologik jarayonlar tahlili uchun qabul qilinadi va eng dolzarb hisoblanadi.

Hisob-tahliliy usul chiqindi tashlanmalari manbalarini, ifloslantiruvchi gaz hajmiy chiqishini aniqlashdan, ishlab turgan texnologik jarayonlarga yaqin sharoitlarda ifloslantiruvchi moddalar tarkibi va kontsentratsiyalarini tahlilidan iborat. Hisoblash-tahliliy usul sanoat ishlab chiqarish amaliyotida eng koʼp qoʼllaniladigan usul hisoblanadi.

Hisoblash-statik usul maʼlum mahsulot ishlab chiqarishda hosil boʼladigan ifloslantiruvchi moddalarning tarkibi va miqdorini aniqlash qonuniyatlarni ochib beradigan statistikaning yoʼllari va usullarini ifodalaydigan usul. Uning qoʼllanilishi ifloslantiruvchi moddalar tashlanmalarini va ularning aniqlangan miqdorlarini tizimli tahlili yoʼlga qoʼyilgan ishlab chiqarish korxonalarida ruxsat etiladi.

TАHLIL NАTIJАLАRI. Аtmosferaga NPK oʼgʼit changi chiqaruvchi uskuna dozator hisoblanadi. 1 tonna mahsulot ishlab chiqarishga 720 kg nitorofos, 230 kg kaliy va 50 kg bentanit sarflanadi. 5*14*14 va 15*15*15 rusumli NPK oʼgʼit ishlab chiqariladi.

Manba tashkillashtirilgan manba RFG rusumli yengli filьtrli siklon hisoblanadi. Ushbu changgaz tozalash uskunasi yer toʼladan hosil boʼlgan, groxtdan, transporterlardan hosil boʼlgan changgazlarni tozalaydi.

Manba parametrlari quyidagicha: balandligi 8,0 m, koʼndalang kesim yuzasi 0,5 m. Tozalanish jarayonigacha boʼlgan changgaz aralashmasining tezligi – 9,4 m/sek, hajmi – 1,84 m3/sek, harorat – 24 0S. Tozalanish jarayonigacha boʼlgan changgaz aralashmasining oʼrtacha sigʼimi 548,4 mg/m3, eng katta sigʼimi 562,3mg/m3 ga teng.

Oʼzbekiston Respublikasi Аdliya vazirligida 2006 yil 3 yanvarda 1533-son bilan roʼyxatga olingan “Oʼzbekiston Respublikasi hududidagi korxonalarda atmosferaga ifloslantiruvchi moddalar chiqaradigan manbalarni hisobga olish va ifloslantiruvchi moddalarni meʼyorlashtirish yoʼriqnomasi”ning 1-ilovasi asosan atmosferaga tashlanadigan NPK oʼgʼit changi miqdori quyidagicha hisoblandi:

Msek = Ws * V, g/sek.

Bu yerda: Ws = V * ch, changning solishtirma miqdori Ws = 3 * 10-6 * 1,2 = 0,000036 kg/m2 s. V – konveyr kengligi V = 0,8 m.

V - chang ajralib chiqayotgan yuza – 9,6 m2

Msek.= 0,000036 * 9,6 * 103 = 0,346 g/sek

Аtmosferaga tashlanayotgan NPK oʼgʼit changining yillik miqdori quyidagiga teng:

Mch = Msek * T * 3600 : 1000000, t/yil;

Bu yerda T – manbaning bir yildagi ish vaqti T = 7440 soat/yil.

Myil = 0,346* 7440 * 3600 : 1000000 = 9,27 t/yil.

Tozalash jarayonidan keyingi changgaz aralashmasining tezligi 8,76 m/sek, hajmi – 1,72 m3/sek. Tozalanish jarayonidan keyingi changgaz aralashmasining oʼrtacha sigʼimi 7,04 mg/m3, eng katta sigʼimi 8,12 mg/m3 ga teng.

Tozalash jarayonidan keyingi changgaz aralashmasining vaqt birligi ichidagi eng katta miqdori quyidagiga teng boʼldi:

Msek = S * Q * 10-3 = 8,12 * 1,72 * 10-3 = 0,014 g/sek

Oʼrtacha miqdori quyidagiga teng:

Msek = S * Q * 10-3 = 7,04 * 1,72 * 10-3 = 0,0121 g/sek

Аtmosferaga tashlangan changning yillik miqdori quyidagiga teng boʼldi:

Myil = Msek * T * t * 10-6 = 0,0121 * 7440 * 3600 * 10-6 = 0,324 t/yil.

Chang-gaz tozalash uchkunasining samaradorligi 86,5 %

Xulosa. Olib borilgan hisob natijalariga koʼra “Samarkand-NPK” maʼsuliyati cheklangan jamiyati azot-fosfor-kaliy (NPK-mineral oʼgʼit) ishlab chiqarish qoʼshma korxonasi atmosferaga tashlanadigan ifloslantiruvchi moddalar anorganik chang (SiO2 20-70), uglerod oksidi, azot oksidi, oltingugurt ikki oksidi, benz(a)piren, marganets oksidi va metall changi ushbu hudud uchun oʼrnatilgan (kvota) miqdordan oshmasligi aniqlandi.

Obʼekt faoliyati natijasida atmosferaga tashlanayotgan ifloslantiruvchi moddalarning miqdorini ruxsat etilgan meʼyoridan oshirmaslik uchun qoʼshimcha chora-tadbir belgilash, changlarni yuqori samarada (99,5 foizgacha) ushlaydigan chang ushlash uskunasini oʼrnatish tavsiya etildi.

Аtmosfera havosini muhofaza qilish (chang-gaz tozalash uskunalarini joriy qilishda innovatsion texnologiyalarni qoʼllash, tashlamalarni qisqartirish tadbirlarini bajarish natijasida atmosfera havosini muhofaza qilish sohasidagi ekologik holat barqarorlashishi tamoyili kuzatilmoqda. Iqtisodiyotning asosiy tarmoqlarini texnik qayta jihozlash, yangi texnologiyalarni joriy etish, shuningdek ifloslantiruvchi moddalarni atmosferaga chiqarishni barqarorlashtirish va kamaytirishga erishish zarurdir.

 

Foydalanilgan adabiyotlar roʼyxati

 

1.       Sbornik sostoit iz metodik i rekomendatsiy po raschetu kolichestva zagryaznyayuщix veщestv, vыbrasыvaemыx v atmosferu razlichnыmi proizvodstvami. Leningrad 2005

2.       Sbornik metodik po raschetu vыbrosov v atmosferu zagryaznyayushix veщestv, Goskomgidromet. L. 1986 g.

3.       OND - 90, gidrometizdat, 1990

4.       SanPiN «Gigienicheskie normativы. Perechenь predelьno-dopustimыx kontsentratsiy (PDK) zagryaznyayuщix veщestv v atmosfernom vozduxe naselennыx mest na territorii RUz» Toshkent 2005 g

5.       “Oʼzbekiston Respublikasi korxonalari uchun atmosfera havosining ifloslantirish manbalarini inventarizatsiyadan oʼtqazish va unga chiqarib tashlanadigan ifloslantiruvchi moddalarni meʼyorlash boʼyicha yoʼriqnoma”. Oʼzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʼmitasining 2005 yil 15 dekabrdagi №105-sonli buyrugʼi bilan tasdiqlangan. 2006 yil 3 yanvarda Аdliya Vazirligidan roʼyxatdan oʼtkazilgan.

6.       L.А.Аlibekov, S.А.Nishonov. Jizzax viloyatining tabiiy iqlim sharoiti. Toshkent 1978 y.