Qashqadayo viloyati Muborak tumanidagi 28 umumiy oʼrta taʼlim maktabida, “iqtidor.uz” veb- sayti tashabbusi bilan besh tashabbus ijrosini taʼminlash maqsadida, “Zehn” intellektual oʼyini yoʼlga qoʼyilgani eʼtiborga molik. Shu kuni bilimdon oʼquvchilar jamoasi tashabbusning birinchi, ikkinchi, uchinchi va toʼrtinchi tashabbuslar doirasida oʼzaro bellashdilar, gʼoliblar esa “iqtidor.uz” veb-saytining maxsus diplom va esdalik sovgʼalari bilan taqdirlandilar.

Tadbir yakunida tanlovda ishtirok etgan oʼquvchi-yoshlarning ota-onalari va yaqinlari bu kabi tadbirlar yoshlarimizning intelektual salohiyatini oshirishda oʼzining ijobiy natijasini berishini taʼkidlab, bu kabi tadbirlar tez-tez oʼtkazilib turilsa maqsadga muvofiq bo'lishini aytib, tadbir tashkilotchilariga oʼz minnatdorchiliklarini bildirishdi.