Albatta, tinch, osoyishta yurtga mana shunday bayramlar yarashadi. Yurt ravnaqi, Vatan taraqqiyoti, mustaqilligimizni mustahkamlash uchun xizmat qilish esa har birimizning fuqarolik burchimiz va majburiyatimizdir. 

Bu yil xalqimiz Vatanimiz Mustaqilligining yigirma to’qqiz yilligi “Sen – qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O’zbekistonim!” shiori ostidagi bosh g’oya bilan kutib olinyapti. O’zbekiston atalmish shu buyuk Vatanga xalqimizning muhabbatini ifodalovchi bu ezgu so’z har bir xonadonga, har bir yurtdoshimiz qalbiga cheksiz g’urur, faxr va iftixor bag’ishlaydi.

Shunday ekan, mamlakatimiz ahlini Mustaqilligimizning 29 yillik bayrami bilan chin qalbimizdan tabriklar ekanmiz, barchangizga sihat-salomatlik, baxt va omad, xonadonlaringizga fayzu baraka tilaymiz.

Vatanimizni, xalqimizni Yaratganning o’zi yomon ko’zlardan asrab, barcha ezgu ishlarimizda o’zi qo’llasin va madadkor bo’lsin! –deb, 

“iqtidor.uz” veb-sayti jamoasi