O’zbekiston Respublikasining Qonuni

O’zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish to’g’risida

Qonunchilik palatasi tomonidan 2019 yil 9 oktyabrda qabul qilingan
Senat tomonidan 2019 yil 11 oktyabrda ma’qullangan

1-modda. O’zbekiston Respublikasining 1992 yil 9 dekabrda qabul qilingan «Tabiatni muhofaza qilish to’g’risida»gi 754-XII-sonli Qonuniga (O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993 yil, № 1, 38-modda; O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995 yil, № 6, 118-modda; 1997 yil, № 4-5, 126-modda; 1999 yil, № 1, 20-modda; 2000 yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2002 yil, № 9, 165-modda; 2003 yil, № 9-10, 149-modda; 2004 yil, № 5, 90-modda; 2005 yil, № 1, 18-modda; O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006 yil, № 10, 536-modda; 2011 yil, № 1, 1-modda, № 9, 247-modda; 2013 yil, № 4, 98-modda; 2014 yil, № 9, 244-modda; 2017 yil, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda; 2018 yil, № 4, 224-modda; 2019 yil, № 9, 591-modda) quyidagi o’zgartish va qo’shimchalar kiritilsin:

1) 33-moddaning birinchi qismi:

quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan to’ldirilsin:

«ekologik xavfsizlikni ta’minlash, fuqarolar sog’lig’ini va atrof-muhitni g’ildirakli transport vositalari, o’ziyurar mashinalar va ularning tirkamalari o’z iste’mol xususiyatlarini yo’qotganidan keyin hosil bo’ladigan chiqindilarning zararli ta’siridan himoya qilish uchun utilizasiya yig’imi (bundan buyon matnda utilizasiya yig’imi deb yuritiladi) undirishni»;

uchinchi — o’n birinchi xatboshilari tegishincha to’rtinchi — o’n ikkinchi xatboshilar deb hisoblansin;

2) 34-modda:

birinchi qismi «boshqa majburiy to’lovlardan» degan so’zlardan keyin «utilizasiya yig’imidan» degan so’zlar bilan to’ldirilsin;

quyidagi mazmundagi to’qqizinchi qism bilan to’ldirilsin:

«Utilizasiya yig’imi summalari daromadlar bo’yicha shaxsiy g’azna hisobvarag’iga kelib tushadi»;

to’qqizinchi va o’ninchi qismlari tegishincha o’ninchi va o’n birinchi qismlar deb hisoblansin.

2-modda. O’zbekiston Respublikasining 1993 yil 2 sentyabrda qabul qilingan «Mahalliy davlat hokimiyati to’g’risida»gi 913-XII-sonli Qonuni (O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993 yil, № 9, 320-modda; O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997 yil, № 9, 241-modda; 1999 yil, № 1, 20-modda; 2005 yil, № 1, 18-modda; O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005 yil, № 12, 418-modda; 2007 yil, № 4, 163-modda, № 9, 420-modda; 2008 yil, № 12, 640-modda; 2013 yil, № 12, 350-modda; 2014 yil, № 4, 86-modda, № 5, 130-modda; 2015 yil, № 6, 228-modda; 2017 yil, № 6, 300-modda, № 8, 383-modda, № 9, 510-modda, № 12, 772-modda; 2018 yil, № 7, 431-modda; 2019 yil, № 1, 1-modda) 25-moddasining ikkinchi qismidagi «xususiy» degan so’z chiqarib tashlansin.

3-modda. O’zbekiston Respublikasining 1993 yil 3 sentyabrda qabul qilingan «Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to’g’risida»gi 938-XII-sonli Qonuni (O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993 yil, № 9, 338-modda; O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995 yil, № 12, 269-modda; 1997 yil, № 4-5, 126-modda; 1998 yil, № 9, 181-modda; 1999 yil, № 5, 112-modda; 2001 yil, № 5, 89-modda; 2002 yil, № 4-5, 74-modda; O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005 yil, № 5, 152-modda; 2007 yil, № 12, 590, 608-moddalar; 2008 yil, № 12, 640-modda; 2010 yil, № 5, 178-modda, № 9, 334-modda, № 12, 472-modda; 2012 yil, № 1, 4-modda; 2013 yil, № 10, 263-modda; 2014 yil, № 12, 341-modda; 2016 yil, № 4, 125-modda, № 12, 383, 384-moddalar; 2018 yil, № 1, 1-modda, № 10, 676-modda, № 12, 783-modda; 2019 yil, № 5, 265-modda, № 8, 469-modda, № 9, 592-modda) 66-moddasining birinchi qismidagi «shuningdek dafn etish nafaqasini» degan so’zlar chiqarib tashlansin.

4-modda. O’zbekiston Respublikasining 1998 yil 30 aprelda qabul qilingan 598-I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O’zbekiston Respublikasining Yer kodeksi (O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998 yil, № 5-6, 82-modda; 2003 yil, № 9-10, 149-modda; 2004 yil, № 5, 90-modda; 2005 yil, № 1, 18-modda; O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007 yil, № 12, 608-modda; 2009 yil, № 1, 1-modda, № 12, 472-modda; 2011 yil, № 1, 1-modda; 2014 yil, № 1, 2-modda, № 9, 244-modda; 2015 yil, № 8, 312-modda; 2017 yil, № 9, 510-modda; 2018 yil, № 1, 1-modda, № 4, 224-modda, № 7, 432-modda, № 12, 781-modda; 2019 yil, № 1, 1-modda, № 3, 161-modda, № 4, 199-modda, № 8, 469-modda) 63-moddasining birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Ko’p kvartirali uylar atrofidagi yer uchastkalari ushbu uylarning turar joylari va yashash uchun mo’ljallanmagan joylari mulkdorlariga doimiy foydalanish uchun beriladi».

5-modda. O’zbekiston Respublikasining 1998 yil 24 dekabrda qabul qilingan 713-I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O’zbekiston Respublikasining Uy-joy kodeksiga (O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999 yil, № 1, 4-modda; 2001 yil, № 5, 89-modda; 2004 yil, № 5, 90-modda; O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006 yil, № 6, 260-modda; 2007 yil, № 1, 3-modda, № 4, 156-modda; 2008 yil, № 12, 640-modda; 2009 yil, № 12, 470-modda; 2011 yil, № 12/2, 365-modda; 2013 yil, № 10, 263-modda; 2014 yil, № 1, 2-modda; 2015 yil, № 8, 312-modda; 2016 yil, № 4, 125-modda; 2018 yil, № 1, 1-modda, № 10, 673, 676-moddalar; 2019 yil, № 1, 1-modda, № 4, 199-modda) quyidagi o’zgartishlar kiritilsin:

1) 5-moddaning o’n birinchi xatboshisidagi «xususiy» degan so’z chiqarib tashlansin;

2) 23-moddaning:

nomi «turar joylardan» degan so’zlardan keyin «va yashash uchun mo’ljallanmagan joylardan» degan so’zlar bilan to’ldirilsin;

to’rtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Ichki ishlar organlari tegishli hududda fuqarolar va yuridik shaxslarga xususiy mulk huquqi asosida tegishli bo’lgan turar joylardan hamda yashash uchun mo’ljallanmagan joylardan foydalanilishi, shu jumladan pasport rejimiga rioya etilishi, yashayotgan shaxslarning hisobga olinishi va tegishli shartnomalarning mavjudligi yuzasidan nazoratni fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari hamda uy-joy mulkdorlari shirkatlari bilan birgalikda amalga oshiradi»;

3) VIII bo’limning nomidagi «XUSUSIY» degan so’z chiqarib tashlansin;

4) 128-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«128-modda. Uy-joy mulkdorlarining shirkati

Uy-joy mulkdorlarining shirkati (bundan buyon matnda shirkat deb yuritiladi) ko’p kvartirali bitta yoki bir nechta zich joylashgan, obodonlashtirish elementlari bo’lgan umumiy yer uchastkasi bilan birlashtirilgan uydagi xususiy turar joylar va yashash uchun mo’ljallanmagan joylar mulkdorlarining birlashmasidir.

Shirkat turar joylar va yashash uchun mo’ljallanmagan joylar mulkdorlarining tashabbusi bilan tashkil etiladi, u notijorat tashkiloti bo’lib, o’z ustaviga muvofiq o’zini o’zi boshqarish asosida faoliyat ko’rsatadi.

Shirkatlarning tashkil etilishi va faoliyati tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi»;

5) 132-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«132-modda. Ko’p kvartirali uydagi turar joylarni va yashash uchun mo’ljallanmagan joylarni va umumiy mol-mulkni saqlash xarajatlari

Ko’p kvartirali uydagi turar joy va yashash uchun mo’ljallanmagan joylar mulkdori o’ziga qarashli turar joyni o’z hisobidan tegishli texnik va sanitariya holatida saqlaydi, shuningdek ko’p kvartirali uydagi umumiy mol-mulkni va shu uyga tutash, obodonlashtirish elementlari bo’lgan yer uchastkasini saqlash bo’yicha umumiy xarajatlarni o’z zimmasiga oladi.

Ko’p kvartirali uydagi turar joy va yashash uchun mo’ljallanmagan joylar mulkdorlari umumiy xarajatlarni, qoida tariqasida, majburiy badallar shaklida birgalikda zimmalariga oladilar, bu badallar ko’p kvartirali uydagi umumiy mol-mulkni boshqarish, unga xizmat ko’rsatish, uni joriy va kapital ta’mirlash hamda ko’p kvartirali uyga tutash, obodonlashtirish elementlari bo’lgan yer uchastkasini saqlash xarajatlarining o’rnini qoplashi kerak.

Ko’p kvartirali uydagi umumiy mol-mulkni va shu uyga tutash, obodonlashtirish elementlari bo’lgan yer uchastkasini saqlash bo’yicha majburiy badallar miqdori mazkur uydagi turar joy va yashash uchun mo’ljallanmagan joylar mulkdorlarining umumiy yig’ilishi tomonidan belgilanadi.

Mulkdorning ko’p kvartirali uydagi o’ziga qarashli turar joy va yashash uchun mo’ljallanmagan joylardan foydalanmasligi yoxud umumiy mol-mulkdan foydalanishdan voz kechishi uni ko’p kvartirali uydagi umumiy mol-mulkni hamda shu uyga tutash, obodonlashtirish elementlari bo’lgan yer uchastkasini saqlash bo’yicha umumiy xarajatlarda ishtirok etishdan to’liq yoki qisman ozod qilmaydi.

Ko’p kvartirali uydagi turar joy va yashash uchun mo’ljallanmagan joylar mulkdori o’zining umumiy mol-mulkni saqlash bo’yicha umumiy xarajatlardagi ishtirokiga doir majburiyatini turar joyni shartnoma bo’yicha ijaraga, arendaga oluvchiga o’tkazishi mumkin, bunda haqning o’z vaqtida to’lanishi mas’uliyati turar joy va yashash uchun mo’ljallanmagan joylar mulkdorining zimmasida bo’ladi.

Ko’p kvartirali uydagi turar joy va yashash uchun mo’ljallanmagan joylar mulkdori shirkatni, boshqaruvchini yoki boshqaruvchi tashkilotni yoxud turar joy va yashash uchun mo’ljallanmagan joylar mulkdorlari tomonidan vakil qilingan shaxsni umumiy mol-mulkni va shu uyga tutash, obodonlashtirish elementlari bo’lgan yer uchastkasini saqlash bo’yicha umumiy xarajatlarni to’lashga doir majburiyatlar joyni ijaraga, arendaga oluvchiga o’tkazilganligi haqida xabardor qilishi shart»;

6) 134-moddaning oltinchi qismidagi «(ijrochi direktor)» degan so’zlar chiqarib tashlansin;

7) 138-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«138-modda. Uy-joy fondini boshqarish

Uy-joy fondini boshqarish uy-joy fondini, muhandislik uskunalarini, shu uylarga tutash, obodonlashtirish elementlari bo’lgan yer uchastkalarini lozim darajada saqlashni, ularga xizmat ko’rsatish va ularni ta’mirlashni hamda fuqarolarning yashashi uchun zarur sharoitlarni yaratishga qaratilgan boshqa faoliyatni o’z ichiga oladi.

Davlat uy-joy fondini boshqarish uy-joy fondining mulkdori va boshqaruvchi yoki boshqaruvchi tashkilot o’rtasida tuziladigan shartnomaga binoan amalga oshirilishi mumkin.

Xususiy uy-joy fondini boshqarish bevosita turar joylar va yashash uchun mo’ljallanmagan joylar mulkdorlari, shirkat, boshqaruvchi yoki boshqaruvchi tashkilot tomonidan yoxud qonun hujjatlariga muvofiq boshqacha usulda amalga oshirilishi mumkin.

Ko’p kvartirali uyni boshqarish usuli shu uydagi turar joylar va yashash uchun mo’ljallanmagan joylar mulkdorlarining umumiy yig’ilishi qarori bilan belgilanadi. Ko’p kvartirali uydagi turar joylar va yashash uchun mo’ljallanmagan joylar mulkdorlarining umumiy yig’ilishi to’g’risidagi nizom O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.

Ko’p kvartirali uy turar joylarning va yashash uchun mo’ljallanmagan joylarning mulkdorlari tomonidan bevosita boshqarilganda shu uydagi umumiy mol-mulkni saqlash yoki uni ta’mirlash ishlarini bajarish bo’yicha xizmatlar ko’rsatish shartnomalari turar joylar va yashash uchun mo’ljallanmagan joylar mulkdorlarining umumiy yig’ilishi qarorlari asosida tuziladi. Bunda uchinchi shaxslar bilan munosabatlarda turar joylar va yashash uchun mo’ljallanmagan joylar mulkdorlari nomidan turar joylar mulkdorlarining umumiy yig’ilishi tomonidan vakil qilingan turar joylar va yashash uchun mo’ljallanmagan joylar mulkdorlaridan biri yoki bir nechtasi ish yuritishga haqlidir.

Ko’p kvartirali uyni boshqarish «Ko’p kvartirali uylarni boshqarish to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Shirkat tashkil etilmagan ko’p kvartirali uyni boshqarish boshqaruvchi yoki boshqaruvchi tashkilot tomonidan ko’p kvartirali uydagi turar joylar va yashash uchun mo’ljallanmagan joylar mulkdorlari umumiy yig’ilishining qarori asosida tuziladigan shartnomaga muvofiq amalga oshirilishi mumkin»;

8) 139-modda:

ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Boshqaruvchi yoki boshqaruvchi tashkilot, bir tomondan, va uy-joy fondi mulkdori yoki shirkat, agar shirkat tashkil etilmagan bo’lsa, ko’p kvartirali uydagi turar joylar va yashash uchun mo’ljallanmagan joylar mulkdorlari, ikkinchi tomondan, uy-joy fondini boshqarish shartnomasining taraflaridir»;

uchinchi qismining uchinchi, to’rtinchi va oltinchi xatboshilaridagi, beshinchi va oltinchi qismlaridagi «(ijrochi direktor)» degan so’zlar chiqarib tashlansin.

6-modda. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2001 yil 12 mayda qabul qilingan «Amalga oshirilishi uchun lisenziyalar talab qilinadigan faoliyat turlarining ro’yxati to’g’risida»gi 222-II-sonli Qarorining (O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002 yil, № 6-7, 105-modda; 2003 yil, № 1, 8-modda; O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006 yil, № 4, 154-modda; 2007 yil, № 7, 323-modda, № 9, 416-modda; 2009 yil, № 9, 330-modda; 2010 yil, № 9, 335, 341-moddalar, № 12, 470-modda; 2011 yil, № 12/2, 364-modda; 2012 yil, № 4, 105-modda, № 12, 336-modda; 2013 yil, № 4, 98-modda; 2014 yil, № 12, 343-modda; 2018 yil, № 1, 1, 4-moddalar, № 7, 431-modda, № 10, 670, 677-moddalar; 2019 yil, № 7, 389-modda, № 8, 471-modda) 1-ilovasiga quyidagi o’zgartish va qo’shimchalar kiritilsin:

1) yigirma beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Iste’mol va texnik etil spirti, alkogol mahsuloti (bundan tabiiy vino mustasno) ishlab chiqarish»;

2) qirq sakkizinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Alkogol mahsulotlarining ulgurji savdosi»;

3) quyidagi mazmundagi ellik sakkizinchi va ellik to’qqizinchi xatboshilar bilan to’ldirilsin:

«To’lov tizimlari operatorining faoliyati.

To’lov tashkilotlarining faoliyati».

7-modda. O’zbekiston Respublikasining 2002 yil 5 aprelda qabul qilingan «Chiqindilar to’g’risida»gi 362-II-sonli Qonuni (O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002 yil, № 4-5, 72-modda; 2003 yil, № 5, 67-modda, № 9-10, 149-modda; O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007 yil, № 12, 604-modda; 2011 yil, № 1, 1-modda, № 9, 247-modda; 2017 yil, № 9, 510-modda; 2018 yil, № 4, 40-modda, № 10, 671-modda; 2019 yil, № 9, 591-modda) quyidagi mazmundagi 231-modda bilan to’ldirilsin:

«231-modda. Utilizasiya yig’imi

Ekologik xavfsizlikni ta’minlash, fuqarolar sog’lig’ini va atrof-muhitni g’ildirakli transport vositalari, o’ziyurar mashinalar va ularning tirkamalari o’z iste’mol xususiyatlarini yo’qotganidan keyin hosil bo’ladigan chiqindilarning zararli ta’siridan himoya qilish maqsadida utilizasiya yig’imi to’lanadi.

Utilizasiya yig’imi:

O’zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo’mitasi tomonidan — g’ildirakli transport vositalari, o’ziyurar mashinalar va ularning tirkamalari «erkin muomalaga chiqarish (import)» bojxona rejimiga joylashtirilganda;

O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi tomonidan — O’zbekiston Respublikasi hududida realizasiya qilinadigan g’ildirakli transport vositalari, o’ziyurar mashinalar va ularning tirkamalari ishlab chiqarilganda (yig’ilganda, tayyorlanganda) undiriladi.

Utilizasiya yig’imining miqdorlari, utilizasiya yig’imi to’lanadigan g’ildirakli transport vositalarining, o’ziyurar mashinalarning va ular tirkamalarining turlari hamda toifalari, shuningdek utilizasiya yig’imini undirish, qaytarish va undan foydalanish tartibi qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi.

G’ildirakli transport vositalari, o’ziyurar mashinalar va ularning tirkamalari o’z iste’mol xususiyatlarini yo’qotganidan keyin hosil bo’ladigan chiqindilar bilan bog’liq ishlarni bajarish bo’yicha infratuzilmani tashkil etish uchun xarajatlar utilizasiya yig’imidan tushgan mablag’lar hisobidan moliyalashtiriladi».

8-modda. O’zbekiston Respublikasining 2007 yil 25 dekabrda qabul qilingan O’RQ-136-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O’zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga (O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007 yil, 12-songa 1-ilova; 2008 yil, № 12, 639-modda; 2009 yil, № 9, 330, 331-moddalar, № 12, 470, 472, 473-moddalar; 2010 yil, № 5, 178-modda, № 9, 334, 335, 336, 337-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 474-modda; 2011 yil, № 1, 1-modda, № 9, 248-modda, № 12/2, 364, 365-moddalar; 2012 yil, № 4, 106-modda, № 9/1, 238-modda, № 12, 334, 336-moddalar; 2013 yil, № 10, 263-modda, № 12, 349-modda; 2014 yil, № 1, 2-modda, № 9, 244-modda, № 12, 341, 343-moddalar; 2015 yil, № 8, 312-modda, № 12, 452, 454-moddalar; 2016 yil, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 383, 384, 385-moddalar; 2017 yil, № 4, 137-modda, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda, № 10, 605-modda, № 12, 772, 773-moddalar; 2018 yil, № 1, 1, 4-moddalar, № 4, 224-modda, № 7, 431, 433-moddalar, № 10, 676-modda, № 12, 781, 783-moddalar; 2019 yil, № 1, 1, 2, 3-moddalar, № 2, 47-modda, № 3, 161, 166-moddalar, № 8, 471-modda, № 9, 589-modda) quyidagi o’zgartishlar kiritilsin:

1) 208-moddaning 24-bandidagi «xususiy uy-joy mulkdorlarining shirkatlari» degan so’zlar «uy-joy mulkdorlari shirkatlari, boshqaruvchi tashkilotlar va boshqaruvchi» degan so’zlar bilan almashtirilsin;

2) 2111-moddadagi «20 foizli» degan so’zlar «15 foizli» degan so’zlar bilan almashtirilsin;

3) 217-moddadagi «xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari» degan so’zlar «uy-joy mulkdorlari shirkatlari, boshqaruvchi tashkilotlar va boshqaruvchilar» degan so’zlar bilan almashtirilsin;

4) 331-moddaning 18-bandidagi «xususiy uy-joy mulkdorlarining shirkatlari» degan so’zlar «uy-joy mulkdorlari shirkatlari, boshqaruvchi tashkilotlar va boshqaruvchilar» degan so’zlar bilan almashtirilsin;

5) 335-moddaning ikkinchi qismidagi «xususiy» degan so’z chiqarib tashlansin.

9-modda. O’zbekiston Respublikasining 2010 yil 22 dekabrda qabul qilingan «Rieltorlik faoliyati to’g’risida»gi O’RQ-269-sonli Qonuni (O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2010 yil, № 12, 469-modda; 2011 yil, № 12/2, 363-modda; 2016 yil, № 12, 383-modda) 18-moddasi birinchi qismining sakkizinchi xatboshisidagi «xususiy uy-joy mulkdorlarining shirkatlari» degan so’zlar «uy-joy mulkdorlari shirkatlari, boshqaruvchi tashkilotlar yoki boshqaruvchilar» degan so’zlar bilan almashtirilsin.

10-modda. O’zbekiston Respublikasining 2010 yil 27 dekabrda qabul qilingan «Dafn etish va dafn ishi to’g’risida»gi O’RQ-276-sonli Qonuniga (O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2010 yil, № 12, 476-modda; 2017 yil, № 9, 510-modda) quyidagi o’zgartishlar kiritilsin:

1) 9-moddaning birinchi va uchinchi qismlaridagi «O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi» degan so’zlar «O’zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti» degan so’zlar bilan almashtirilsin;

2) 18-moddaning:

uchinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;

to’rtinchi xatboshisi uchinchi xatboshi deb hisoblansin.

11-modda. O’zbekiston Respublikasining 2011 yil 5 oktyabrda qabul qilingan «Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishi hamda iste’mol qilinishini cheklash to’g’risida»gi O’RQ-302-sonli Qonunining (O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2011 yil, № 10, 272-modda) 13-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«13-modda. Alkogol va tamaki mahsulotlarini olib kirish hamda realizasiya qilishga doir cheklovlar

O’zbekiston Respublikasi hududiga alkogol mahsulotini polietilen, polistirol va boshqa polimer materialdan tayyorlangan polimer iste’mol idishlarida olib kirish taqiqlanadi, bundan pivo va vino mahsulotlari mustasno.

Alkogol va tamaki mahsulotlarini:

yigirma yoshga to’lmagan shaxslarga;

ta’lim, sport muassasalari va diniy muassasalardan to’g’ri chiziq bo’ylab ikki yuz metrdan kam masofada joylashgan savdo obyektlari tomonidan, bundan savdo obyekti umumiy savdo maydoni ming kvadrat metrdan ortiq bo’lgan savdo majmualarining (bozorlarning) va yarmarka pavilonlarining hududida joylashgan hollar mustasno;

ular texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga, qonun hujjatlarida belgilangan boshqa talablarga muvofiq bo’lmasa;

aksiz markalari bilan tamg’alanmagan holda (pivodan tashqari) yoki qalbaki aksiz markalari bilan;

ularning ishlab chiqaruvchisini aniqlash imkonini beradigan tarzda aniq tamg’alanmagan bo’lsa;

donalab, qutisiz (o’rovsiz) holda — tamaki mahsulotiga nisbatan;

ularni ishlab chiqarish uchun lisenziyaga ega bo’lmagan O’zbekiston Respublikasi ishlab chiqaruvchisi tomonidan ishlab chiqarilgan bo’lsa;

bunday mahsulotni yetkazib berish huquqiga ega bo’lmagan yoki yetkazib berishni qonun hujjatlarini buzgan holda amalga oshirgan yetkazib beruvchidan olingan bo’lsa, realizasiya qilish mumkin emas.

Alkogol va tamaki mahsulotlarini realizasiya qilish qonun hujjatlariga muvofiq boshqa hollarda ham cheklanishi mumkin».

12-modda. O’zbekiston Respublikasining 2018 yil 22 yanvarda qabul qilingan O’RQ-460-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O’zbekiston Respublikasining Fuqarolik prosessual kodeksi (O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2018 yil, 1-songa 1-ilova, № 10, 672-modda; 2019 yil, № 3, 166-modda, № 5, 261-modda, № 9, 592-modda) 171-moddasining 8-bandidagi «xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati a’zolaridan» degan so’zlar «ko’p kvartirali uyning joylari mulkdorlaridan» degan so’zlar bilan almashtirilsin.

13-modda. Quyidagilar o’z kuchini yo’qotgan deb topilsin:

1) O’zbekiston Respublikasining 2005 yil 16 dekabrda qabul qilingan «Elektron to’lovlar to’g’risida»gi O’RQ-13-sonli Qonuni (O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005 yil, № 12, 412-modda);

2) O’zbekiston Respublikasining 2009 yil 22 sentyabrda qabul qilingan «Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish to’g’risidagi qonun hujjatlari takomillashtirilganligi munosabati bilan O’zbekiston Respublikasining ayrim qonunlariga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish haqida»gi O’RQ-223-sonli Qonunining (O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2009 yil, № 9, 337-modda) 12-moddasi.

14-modda. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;

davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo’lgan o’z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko’rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin;

ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi o’rtasida tushuntirilishini ta’minlasin.

15-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Ushbu Qonunning 1 va 7-moddalari mazkur Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy o’tgach amalga kiritiladi.

Ushbu Qonunning 2, 4, 5-moddalari, 8-moddasi 1, 3, 4, 5-bandlari, 9 va 12-moddalari «Ko’p kvartirali uylarni boshqarish to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasining Qonuni kuchga kirgan kundan e’tiboran amalga kiritiladi.

Ushbu Qonunning 6-moddasi 3-bandi, 13-moddasi «To’lovlar va to’lov tizimlari to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasining Qonuni kuchga kirgan kundan e’tiboran amalga kiritiladi.

O’zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYoYeV

Toshkent sh.,

2019 yil 14 noyabr,

O’RQ-584-son

 

(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.11.2019 y., 03/19/584/4025-son)

 

Manba lex.uz dan olingan.