“Huquqiy axborot” kanalining xabariga ko’ra, kiritilgan qoʻshimchalar quyidagilarni nazarda tutadi:

savdo subyektlarining kunlik oʻrtacha naqd pul tushumi eng kam oylik ish haqining 20 baravaridan ortiq boʻlganda bank kassalariga inkassatsiya xizmatlari orqali yoki mustaqil ravishda topshirishni;

kunlik tushum eng kam oylik ish haqining 20 baravaridan kam boʻlganida bank kassalariga inkassatsiya xizmatlari orqali oʻzlari belgilagan davrlarda yoki mustaqil topshirishni.

Ilgari kunlik tushum miqdoridan qatʼi nazar savdo subyektlari naqd pulni inkassatsiya punktlariga (banklar kassalariga) har kuni inkassatsiya qilishi kerak edi.