“Huquqiy axborot” kanalining xabariga ko’ra, Hukumatning ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi (549-son, 02.07.2019-y.)

Kiritilgan oʻzgartirishlarga muvofiq, elektron tijorat orqali faqat retseptsiz beriladigan dorilar va tibbiyot buyumlarini sotish mumkin.

Dorilarni faqat farmatsevtik maʼlumotga ega mutaxassislar chakana sotishi mumkin.

Shuningdek, kiritilgan qoʻshimchalar bilan dorilar va tibbiy buyumlarni elektron tijorat orqali sotishda dorixonalar veb-saytlar va mobil ilovalarda bir qator maʼlumotlarni joylashtirishi kerakligi belgilandi.

Xususan, veb-saytlar va mobil ilovalarda sotiladigan dorilar va tibbiy buyumlar haqida maʼlumot, qoʻllash boʻyicha yoʻriqnoma, narxi, ularning analogi haqida maʼlumotlar boʻlishi kerak.

Retsept asosida dorilar berilganda farmatsevt retseptning yirtma koreshogiga berilgan dorining nomi, seriya raqami, farmatsevt familiyasi, ismi, otasining ismini yozib, uni imzolaydi va dorixonaning shtampini qoʻyib bemorga beradi.

Dorilar elektron retsept bilan berilganda yuqoridagi maʼlumotlar “Farmatsevtika mahsulotlarining harakatini nazorat qilish va hisobga olishning axborot tizimi”ga kiritiladi va elektron raqamli imzo bilan tasdiqlanadi.

Qaror rasman eʼlon qilingan kundan boshlab 3 oydan soʻng kuchga kiradi. Hukumatning ayrim qarorlariga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritildi (549-son, 02.07.2019 y.)

Kiritilgan o’zgartirishlarga muvofiq, elektron tijorat orqali faqat reseptsiz beriladigan dorilar va tibbiyot buyumlarini sotish mumkin.

Dorilarni faqat farmasevtik ma’lumotga ega mutaxassislar chakana sotishi mumkin.

Shuningdek, kiritilgan qo’shimchalar bilan dorilar va tibbiy buyumlarni elektron tijorat orqali sotishda dorixonalar veb-saytlar va mobil ilovalarda bir qator ma’lumotlarni joylashtirishi kerakligi belgilandi.

Xususan, veb-saytlar va mobil ilovalarda sotiladigan dorilar va tibbiy buyumlar haqida ma’lumot, qo’llash bo’yicha yo’riqnoma, narxi, ularning analogi haqida ma’lumotlar bo’lishi kerak.

Resept asosida dorilar berilganda farmasevt reseptning yirtma koreshogiga berilgan dorining nomi, seriya raqami, farmasevt familiyasi, ismi, otasining ismini yozib, uni imzolaydi va dorixonaning shtampini qo’yib bemorga beradi.

Dorilar elektron resept bilan berilganda yuqoridagi ma’lumotlar “Farmasevtika mahsulotlarining harakatini nazorat qilish va hisobga olishning axborot tizimi”ga kiritiladi va elektron raqamli imzo bilan tasdiqlanadi.

Qaror rasman e’lon qilingan kundan boshlab 3 oydan so’ng kuchga kiradi.