2019 yilning 19 mart kuni Mamlakatimiz Prezidenti rahbarligida yoshlar ma’naviyati masalasiga bag’ishlab o’tkazilgan videoselektor yig’ilishida beshta  tashabbus ilgari surildi ya’ni,

Birinchi tashabbus – yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san’atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirishga, iste’dodini yuzaga chiqarishga xizmat qilishi;

            Ikkinchi tashabbus – yoshlarni jismoniy chiniqtirish, sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratish; 

            Uchinchi tashabbus – aholi va yoshlar o’rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etish;

            To’rtinchi tashabbus – yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o’rtasida kitobxonlikni keng targ’ib qilish bo’yicha tizimli ishlarni tashkil etish;

            Beshinchi tashabbus – xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash. 

Yuqoridagi beshta tashabbusdan kelib chiqib, 2019 yil 1 iyundan boshlab

iqtidor.uz” sayti quyidagi  ONLAYN XIZMAT turlarini  yo’lga qo’yganligini ma'lum qiladi:

iqtidor.uz huquqiy, madaniy, ma’naviy-ma’rifiy veb-sayti tomonidan yo’lga qo’yilgan barcha ONLAYNXIZMATLARIDAN, ya’ni:

- Yuridik maslahat (huquqiy tusdagi savollarga darhol javob olish imkoniyatiga ega bo’lishadi);

- Repetitorlik xizmatlaridan (noldan boshlab ingliz, rus va koreys tili va kompyuter saboqlarini o’rganish o’quv kurslaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo’lishadi);

- Psixologik maslahat(bugungi kunda sodir bo’layotgan bir qator    salbiy oqibatlarning oldini olishga qaratilgan ONLAYN psixolog va nevrolog xizmatlaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo’lishadi);

- Foydali maslahatlar (hayotimizda ko’p duch keladigan muammolar va ularni oldini olishga qaratilgan turli xil mavzulardagi zarur va muhim bo’lgan maslahatlardan foydalanish imkoniyatiga ega bo’lishadi);

- Kitobxonlik (keng ommani ayniqsa,yoshlarni kitobxonlikka bo’lgan qiziqishlarini orttirishga qaratilgan qiziqarli videoroliklar  hamda ular o’rtasida tashkil etiladigan ONLAYN tanlovlarda to’g’ridan-to’g’ri ishtirok etib, g’oliblar qimmatbaho sovg’alar bilan taqdirlanishadi);

- Tadbirkorlik va biznes reja (keng ommani ayniqsa,yoshlarni tadbirkorlik faoliyatiga bo’lgan qiziqish va intilishlarini orttirish maqsadida, turli xil tadbirkorlik faoliyati hamda biznes rejalardan foydalanish imkoniyatiga ega bo’lishadi);

- Huquq va majburiyatimiz (huquq va majburiyat doirasida beriladigan huquqiy normalardan foydalanish imkoniyatiga ega bo’lishadi);

- Iqtidor sohiblari (keng ommani ayniqsa, yoshlarni bilim olishga, barcha sohalarda o’z iqtidorini namoyish etishlari, qisqacha qilib aytganda, iqtidorlilarning safini yanada kengaytirish maqsadida, bir qator iqtidorli shaxslarning hayoti va ijodi haqida tayyorlangan videoroliklardan foydalanish imkoniyatiga ega bo’lishadi);

- Yo’l qoidasi-umr foydasi (yo’l harakti qoidalariga kiritilayotgan o’zgarish va qo’shimchalarni berib borish barobarida, mazkur yo’nalish bo’yicha o’tkaziladigan ONLAYN tanlovlarda to’g’ridan-to’g’ri ishtirok etib, g’oliblar qimmatbaho sovg’alar bilan taqdirlanishadi);

 - To’garaklar (keng ommani ayniqsa,yoshlarni kasbga bo’lgan qiziqish va intilishlarini oshirish hamda ularning bo’sh vaqtlarini sermazmun o’tkazishlari uchun barcha yo’nalishlarda tashkil etilgan Onlayn to’garaklardan) beriladigan maxsus parol va loginlar orqali  foydalanish imkoniyatiga ega bo’lishadi.

ESLATMA: Yuqoridagi barcha xizmat turlarining davomlari har o’n kunda navbatma-navbat saytga joylashtirilib boriladi.

Yuqoridagi xizmat turlaridan fodalanuvchilar “iqtidor.uz” sayti “MENYU” sida joylashgan “YO”RIQNOMA”da ko’rsatilgan tartibda ro’yxatdan o’tganlaridan so’ng foydalanish imkoniyatiga ega bo’lishadi.

Qo’shimcha ONLAYN XIZMATLARINI yo’lga qo’yishni istaganlar o’z takliflarini info@iqtidor.uz electron pochtasiga yuborishlari mumkin.

“iqtidor.uz” sayti yuqoridagi xizmat turlarini yo’lga qo’yishdan asosiy maqsad, aholini, shuningdek, yosh avlodni madaniyat, san’at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etishga, ularda axborot texnologiyalaridan to’g’ri foydalanish ko’nikmasini shakllantirishga, yoshlarning yoshligidan kitobga bo’lgan mehrini uyg’otishga, ularning mustaqil fikr va keng dunyoqarashni shakllantirishga, yoshlar o’rtasida kitobxonlikni keng targ’ib qilishga, xotin-qizlar bandligini ta’minlashga, yoshlarning bo’sh vaqtini mazmunli o’tkazishga, ularning ma’naviy barkamol bo’lishlariga, turli yot illatlarga qarshi immunitetining oshirishga, shuningdek, ularning huquqiy va ma’naviy jihatdan savodxonligini oshirishga,  qisqacha qilib aytganda, internet tizimidagi ONLAYN XIZMATLARINING foydali tomonlarini ko’rsatgan holda, iqtidorli va bilimli yoshlarning safini  yanada kengaytirishga o’z hissasini qo’shishdan iborat.