Aziz yurtdoshlar do‘stlar, bugun xalqimizning g‘urur-iftixori bo‘lgan mustaqilligimizning 27 yilligini nishonlashdek ulkan baxtga, hammamizni yana bir bor yetkazgan Allohga shukrona aytamiz. Xalqimiz asrlar davomida intilib, orziqib kutgan, haqiqatan ham, barchamiz uchun eng ulug‘, eng aziz bayram bo‘lmish O‘zbekistonning Mustaqillik kuni bilan siz azizlarni “Iqtidor.uz” saytimiz nomidan chin qalbimizdan muborakbod etamiz. Mustaqillik bayrami kunlari arafasida  yurtimiz ko‘chalarida haqiqiy bayram nafasi hukm surayotgan bir paytda, barcha hamyurtlarimizni ko‘tarinki kayfiyatda uchratishdan ortiq baxt bo‘lmasa kerak. Shuning uchun ham mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin deb, barcha yurtdoshlarimizga doimo xursand va shodon bo‘lib yurishlarini, yurtimiz tinch va omon bo‘lishini Yaratgandan chin yurakdan tilab qolamiz.