Shu yilning 19-29 iyul kunlari o‘tkazilgan 50-Xalqaro kimyo olimpiadasida o‘zbekistonlik o‘quvchilar 2 ta bronza medalni qo‘lga kiritdi.

Xalqaro kimyo olimpiadasi (International Chemistry Olympiad — IChO) o‘quvchilar o‘rtasida o‘tkaziladigan eng muhim nufuzli xalqaro tadbir hisoblanib, unda har yili dunyoning 80ga yaqin davlatidan 300 nafardan ortiq iqtidorli o‘quvchilari ishtirok etadi. 

Joriy yilda Bratislava (Slovakiya)da boshlanib Praga (Chexiya)da yakunlangan Xalqaro olimpiadada O‘zbekistondan 4 nafar o‘quvchi qatnashdi. Ulardan ikki nafari sovrindorlar qatoridan joy oldi. Toshkent pediatriya tibbiyot instituti qoshidagi akademik litsey o‘quvchilari Jaloliddin Aloviddinov va Dildora Hakimboyeva bronza medali sohibiga aylandi.