Agar bu maslahatlarning bir nechtasidan foydalansangiz, tug‘ilgan kuningizdan ko‘ra Yangi yilni ko‘proq orziqib kutadigan bo‘lasiz. 
1.Boshqa shaharlardagi do‘stlaringizga tabrik otkritkalari yuboring 
Yangi yil mavzusidagi otkritkalarni tanlang, har biriga biron narsa yozing va butun dunyo bo‘ylab jo‘nating. 
2. Yangi yil haqida qo‘shiq yodlang 
Yangi yil haqidagi qo‘shiqlarni uyda ham, yo‘lda ham xirgoyi qilsangiz kayfiyatingiz ko‘tariladi. 
3. Pechenye pishiring 
Ilgari pishirgansizmi yoki yo‘qmi buning ahamiyati yo‘q. O‘zingizga yoqqan retseptni tanlang va pishirishni boshlang! 
4. Bayramoldi tadbirlarga qatnashing 
Bolalar va kattalar uchun ko‘ngilochar tadbirlarga qatnashsangiz, Yangi yil kayfiyatini faollashtirgan bo‘lasiz. 
5. Archa sotib oling va bezang 
Archani chiroyli va o‘ziga xos qilib bezash ham uyingizga Yangi yil kayfiyatini olib kiradi. 
6. Markaziy ko‘chalar bo‘ylab sayr qiling 
Vaqt topib, shahar markazini aylaning: u yer haqiqatan ham juda chiroyli! 
7. Yaqinlaringizga sovg‘a oling 
Bu juda yoqimli ish. Bundan tashqari, agar ulgura olsangiz yaxshi chegirmalarning ustidan chiqishingiz mumkin. Bu ham kayfiyatni ko‘taradi. 
8. O‘zingizga ham sovg‘a oling 
Nima uchun faqat boshqalarga? Bu hayotdagi eng muhim va sevimli odamga ham biron nima sovg‘a qilish mumkin. Sovg‘a unchalik katta bo‘lmasa ham kayfiyatingizni ko‘taradi. 
9. Qorbobo yasang 
Agar mabodo qor yog‘adigan bo‘lsa, bolaligingizni eslang va dam olish kunlari faol o‘yinlar bilan shug‘ullaning. 
10. Do‘konlarni aylaning 
Yangi yil oldidan savdo markazlari — juda g‘aroyib! Hamma joy yal-yal yonadi: devorlar, shiplar, vitrinalar. 
11. Yangi yil kechasini rejalashtiring 
Yangi yil kechasi uchun taomnomani, dasturni, sovg‘alarni va butun kechani rejalashtirishni bugundan boshlang. Qancha ko‘proq tayyorlansak, bayram shuncha maroqliroq bo‘ladi! 
Manba: Daryo.uz