Yozkelgach, kopchilikayollaryuzlaridapaydobolganquyoshizlaridanshikoyatqilishadi. Bodring ham, qatiq ham foyda bermay qo’yganida esa «Oyning ham yuzida dog’i bor» deb o’zlariga tasalli berishdan o’zga chora topishmaydi. Sevimli «Sug’diyona» gazetasining ijodkorlari va kosmetolog Mahfuza MAMANOVA faqat siz uchun dog’lardan xalos bo’lishning eng zamonaviy usullarni taqdim etadi.

Dog’ tushishiga sabab melonin

Odatda teri hujayralarida melonin moddasi me’yordan ortiq darajada to’planib qolsa, yuzimizda turli dog’lar paydo bo’ladi. Ultrabinafsha nurlari esa mavjud muammoni yanada murakkablashtiradi. Shu sababdan aynan yozda yuz terisiga dog’ tushib, mavjudlari kattalashadi. Dog’larni ketkazish uchun esa turli usullarni qo’llab ko’ramiz. Ularning aynan o’zingizga mos usulini aniqlash uchun dog’lar qanchalik chuqur «ildiz otgan»ligini aniqlab olish muhim. Muolajalarni amalga oshirishdan avval ichki organlarida xastalik yo’qligiga ishonch xosil qilish uchun, albatta, shifokor nazoratidan o’tish tavsiya etiladi. Aks holda ko’zingizni quvontirgan ajoyib natija uzoqqa cho’zilmasligi mumkin.

Kremlar

Agar dog’lar epidermis (terining ustki qavati)ning yuzasida joylashib, och jigarrang tusda bo’lsa, maxsus oqartiruvchi kremlar bilan bunday dog’lardan qutilishning yo’lini qilsa bo’ladi. Demak, yuzingiz uchun krem xarid qila turib, uning tarkibida tretinoin, gidroxinon, azelain va glekol kislotalari mavjudligiga e’tibor qarating. Chunki aynan shu moddalar muammo bilan kurashib, uni yengishga qodir.

Mezoterapiya

Bu usul ham terining yuza qismida joylashgan dog’larni yo’qotish uchun go’zallik salonlarida keng qo’llanilmoqda. Muolaja ingichka igna yordamida muammoning «o’chog’»ga maxsus suyuqlik yuborish orqali amalga oshiriladi. Ushbu suyuqlik meloninni parchalashga yordam beradi va dog’lardan xalos etadi.

Suyuq azot muolajasi (krioaplekasiya)

Bu muolaja yuzdagi nisbatan katta dog’larni yo’qotishga yordam beradi. Uning kamchiliklaridan biri teringizni biroz achishtirishi mumkin va sezilarli natijaga erishish uchun bir necha bor qo’llashga to’g’ri keladi. Muolajadan so’ng yuzni piling qilish natijani yanada mustahkamlaydi.

Lazer muolajasi

Zamonaviy kosmetologiyaning eng so’nggi yutuqlaridan biri hisoblangan lazer nurlari meloninli hujayralarga yetib borib, issiqlik ta’sirida rang beruvchi fermentlarni o’zgartirib yuboradi. Lazer muolajasi dog’ tushmagan teriga hyech qanday ziyon yetkazmay, aynan muammoning o’ziga ta’sir ko’rsatishi bilan ahamiyatli. Dog’larning darajasiga qarab, muolaja bir necha daqiqadan bir necha soatgacha vaqtingizni olishi mumkin. Amaliyotdan keyin biroz qizarish paydo bo’lishi mumkin, havotir olmang bu bir necha kundan keyin o’tib ketadi.

Fototerapiya

Bu usulni turli darajadagi dog’larga qarshi qo’llash mumkin. Maxsus uskuna yorug’lik ta’sirida teridagi melaninni parchalaydi. Muolaja vaqtida bemorga ko’zoynak taqiladi va ishlov berilayotgan teriga og’riqsizlantiruvchi gel surtiladi. Yana bir muhim jihati bu muolajalardan so’ng mayda ajinlar ham yo’qoladi.

Mikrodermabraziya

Odatda terini yoshartirishga, mayda ajinlarni yo’qotishga mo’ljallangan ushbu usul ba’zi hollarda dog’larni ketkazishda ham samara beradi. Mutaxassislar bu usulni mexanik piling ham deyishadi, chunki u mikrokristallar yordamida terining ustki qavatini ko’chiradi. Muolaja 20 yoki 30 daqiqa davom etadi.

Bu muhim!

Yozning jazirama harorati yuz terisiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Shu sababdan issiq harorat hukmronliq qilgan vaqtlarda yuqoridagi muolajalardan faqat mezoterapiyani qo’llash mumkin. Qolgan muolajalarni esa kuz kelib, havo harorati pasaygunga qadar kechiktirib turish tavsiya etiladi.

SAODAT tayyorladi

Manba: Darakchi.uz