iqtidor.uz Internet veb-sayti targ’ibot guruhi rahbari Aktamjon To’rayev bir qator iqtidorli yoshlar bilan ikkinchi jaxon urushi qatnashchisiQashqadaryo viloyati Muborak tumanidagi Qarliq qishlog’ida yashovchi 96 yoshni qarshi olgan Chori bobo Yaxshiyevning xonadoniga tashrif buyurib, 9-may “Xotira va qadrlash kuni” munosabiti bilan tabriklab qaytishdi.  

O’z navbatida, Chori bobo Yaxshiyev 9-may “Xotira va qadrlash kuni” munosabiti bilan mamlakatimiz rahbari Muxtaram Yurtboshimiz Shavkat Mirziyoyevga va xalqimizga minnatidorchilik izhori hamda quyidagi o’z tilaklarini bildirib o’tdi.

Mana ikkinchi jaxon urushi tugagani ham 76 yil bo’libdi.

Olloxga shukurki, ona vatanimga, oilam bag’riga qaytib kelib, davlatimiz mustaqilligini uzoq yillar kutdim va shu kunlarga yetib ham keldik.

Yurtimiz mustaqil davlatga aylanib erkin va faravon mamlakat bo’lganiga ham 25 yil to’libdi. Men shu 25 yildan beri  har bir o’tayotgan kunimga faqat va faqat shukronalik keltirib yashab kelmoqdaman.

Mana har yili an’anaviy tarzda bizdek urush qatnashchilaridan, faxriylardan habar olinib, har yili o’zgacha tabriklar, sovg’a-salomlar buning hammasi mustaqilligimiz ne’matidir.

Ushbu yilda ham Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan bizlarga O’zbekistonda ishlab chiqarilayotgan avtomashinalardan xohlaganimizga navbatsiz ega bo’lishimiz uchun sertifikatlari topshirilib, undan tashkari pul mukofotlari va qimmatbaxo esdalik sovg’alar berildi.

Shuningdek, viloyat xokimligi, tuman xokimligi, barcha tashkilotlar ham o’z bayram tabriklari va esdalik sovg’alar bilan taqdirlashmoqda.

Barchasi uchun eng avvalo, Yurtboshimizdan, davlatimiz raxbariyatidan  va bag’ri keng xalqimizdan cheksiz minnatdorman.

Azizlar, sizlar umringiz davomida bizlar ko’rgan kunlarni, azob uqubatli urush yillarni xech qachon ko’rmangizlar, meni xar kuni o’sha daxshatli qonga belangan davrlar ko’z oldimdan o’taveradi, lekin menga bir narsa, manu shu yurtimizning tinchligi, ozodligi xar damda tassali berib turadi.

Yaratgandan tilagim tinchligimiz mustaqilligimiz abadiy, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev omon bo’lsinlar va albatta so’zim o’rnida, shu kunlarga yetib kelishimizga sababchi bo’lgan qadrdon do’stimiz birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning oxirati obod, joylari jannatdan bo’lsin!

Siz azizlarga tilagim xamisha yurtni ko’z qorachig’ingizdek asrab-avaylangiz. Avlodlarga O’zbekiston mustaqilligini abadiy qoldiraylik.

Esingizda bo’lsin o’tayotgan har bir kuningizga shukronalik keltirib yashang, ilohim yurtimizga hyech qachon ko’z tegmasin va mustaqilligimiz abadiy bo’lsin!

 

iqtidor.uz Internet veb-sayti

tahririyati tomonidan tayyorlandi