O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 9 may – Xotira va qadrlash kunida Toshkentdagi Xotira maydoniga tashrif buyurdi. Prezidentga marosim chog'ida vazirlar va hukumat vakillari hamrohlik qilishdi.

Davlat rahbari harbiy orkestr sadolari ostida Motamsaro ona haykali poyiga gulchambar qo'ydi.

Gulchambar qo'yish marosimidan so'ng davlat rahbari Xotira maydoniga yo'l oldi. Shundan so'ng turli davlat organlari vakillari tomonidan gulchambarlar qo'yildi.

Xotira va qadrlash kuniga bag'ishlangan Prezident ishtirokidagi asosiy tadbirlar akademik Mahmud Mirzayev nomidagi bog'dorchilik, uzumchilik va vinochilik ITI hududida bo'lib o'tdi.