2017 yil aprel oyida Qashqadaryo viloyati Muborak tumanining “Jozibali ovoz” san’at maktabi “iqtidor.uzhuquqiy, madaniy, ma’naviy-ma’rifiy Internet veb-sayti  bilan  hamkorlikda 6 yoshdan 10 yoshgacha bo’lgan iqtidorli yoshlarning mahoratini namoyish etishlari uchun “Yorqin yulduzcha” ko’rik tanlovini tashkil etib, uni o’tkazishdi.

Ko’rik tanlovni “Jozibali ovoz” san’at maktabi direktori Yu.Torosova ochib, bugungi kunda eng chekka hududlaridan biri bo’lgan Muborak tumanida bunday tanlovlarni o’tkazishdan asosiy maqsad, bugungi kunda iqtidorli yoshlarimizning mahorati hamda san’atga bo’lgan qiziqishlarini tumanimizdagi barcha yoshlarga namuna sifatida namoyish etish orqali ularning safini yanada kengaytirishga qaratilganligini ta’kidlab etib o’tdi.

Tadbirda “iqtidor.uzhuquqiy, madaniy, ma’naviy-ma’rifiy Internet veb-saytining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha targ’ibot guruhi rahbari Aktamjon To’rayev ham so’zga chiqib, Muhtaram Yurtboshimiz tomonidan yoshlarga yaratilib berilayotgan imkoniyatlar va ulardan unumli foydalanish lozimligi haqidagi o’z fikrlarini bildirib o’tdi.

Juda qiziqarli va sog’lom raqobat asosida o’tkazilgan ko’rik tanlovda ishtirok etgan 6 yoshdan 10 yoshgacha bo’lgan jajji qizaloqlar tanlovga tashrif buyurgan ularning ota-onalari tanlov hakamlari barcha mehmonlarda katta ta’ssurotlar qoldirdi va  tanlov so’ngida “Yorqin yulduzcha” ko’rik tanlovi g’oliblariga “iqtidor.uzInternet veb-sayti, “Jozibali ovoz” san’at maktabi hamda hamkor tashkilotlari tomonidan qimmatbaho esdalik sovg’alari hamda diplomlari topshirildi.