Bugungi kunda yon-atrofimizda diniy ekstremizm,

terrorizm, giyohvandlik, odam savdosi, noqonuniy

migrasiya, “ommaviy madaniyat” degan turli balo-

qazolarning xavfi tobora kuchayib borayotganini

hisobga oladigan bo’lsak, bu so’zlarning chuqur

ma’nosi va ahamiyati yanada yaqqol ayon bo’ladi.

 Shavkat Mirziyoyev

“Quyosh sharqdan chiqadi” deyishadi, allomalarimiz. Shu bois, yevropaliklar “Nur sharqdan keladi” deb bejiz aytishmagan. Haqiqatdan ham, qadimda Sharq ilm-fan sohasida ham, ahloq-odobda ham, ma’naviyatda ham dunyo tamadduniga beqiyos ta’sir o‘tkazib kelgan.

Bugungi kunda, ma’naviy olamimizga “chaqirilmagan mehmon” sifatida tashrif buyurgan “ommaviy madaniyat”ning asl maqsadi endigina hayotga qadam qo‘yayotgan yoshlarimizning qalbini egallash orqali, ularning ma’naviy dunyosini g‘orat qilish, o‘z millati qadriyatlarini mensimaydigan “dunyo fuqarosi”ga aylantirishdan iboratdir. O‘z millati qadriyatlarini mensimaydigan odam osongina manqurtga aylanadi. Manqurtda esa na imon, na e’tiqod va na g‘urur bor.

Hoxlaymizmi, yo‘qmi bugungi globallashuv zamonida inson ongi-tafakkuri bo‘lmish yigirma birinchi asr texnologiyalari millionlab odamlarinng aqlu-hushini olib qo‘ygani sir emas. Minglab yoshlarimiz o‘zlarining kundalik hayotlarini internetsiz tasavvur qila olishmaydi. Xaqiqatda bugungi kunda internetdan foydalanuvchilarning soni kundan-kun oshib borayotganini nazarda tutsak, bu bizni tashvishga solmay qo‘ymaydi, albatta.

Internet bugungi kunda axborot makonining muhim bo‘g‘iniga aylangan. Unga joylashtirilgan saytlar orqali yoshlarimiz tezkor axborot olish, jahon adabiyoti durdonalaridan bahramand bo‘lish, do‘stlar orttirish va ular bilan qizg‘in muloqot qilish imkoniyatiga egadirlar. Afsuski, undan yovuz maqsadlarni amalga oshirish quroli sifatida foydalanayotgan kuchlar “ommaviy madaniyat” niqobi ostida insonlarning ma’naviy olamiga hujum qilishmoqda. Ma’lumotlarga qaraganda, dunyo mamlakatlarining ayrim qo‘shtirnoq ichidagi davlatlari  boshqa davlatlar tinchligiga rahna soluvchi qo‘poruvchilik ishlari bilan shug‘ullanishar ekan. Ular orqali internet tizimiga yuzlab ma’naviyatsizlikni, shahvoniylikni targ‘ib qiluvchi saytlar joylashtirilgan.

Natijada, kompyuter o‘yinlarining aksariyatini zo‘ravonlikni, yovuzlikni hamda  jangarilikni targ‘ib etuvchi saytlarni tashkil etadi.

Sir emas, g‘arb madaniyati niqobida yurtimizga kirib kelayotgan va yoshlarimiz kelajagiga tahdid solayotgan zo‘ravonlik, giyohvandlik, jangarilik, behayolik, tajovuzkorlik kabi illatlar g‘ayri ahloqiy odatlarning ommaviy axborot vositalari, jurnallar, kitoblar, rok musiqa kabi turli xil mahsulotlarning internet orqali kirib kelishi va targ‘ib qilinishi mentalitetimizga, sharqona qadriyatlarimizga putur yetkazishi kunday ravshan. Afsuski, bugun biz ularning achchiq mevalarini ham totib ulgurdik.

Ha, azizlar “Ommaviy madaniyat” namoyondalarining asl maqsadi ahloqsizlik va madaniyatsizlikning targ‘ib etishayotgani bugun hech kimga sir emas. Shunday ekan, yoshlarimizni ana shunday yovuz kuchlar qurboniga aylanib qolishlaridan saqlab qolish mumkinmi? degan savolni har-birimiz qalbimizdan takror-takror o‘tkazishimiz kerak ko‘rinadi. Va bu savolga albatta, ha degan javobni topishimiz shart. Buning uchun har-bir ota-ona o‘z farzandiga, har-bir ustoz va murabbiy o‘z shogirdiga o‘zi namuna bo‘lishi, internet va telefondan foydalanishda to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatishi, to‘g‘ri tavsiyalar va yo‘l-yo‘riqlar berishi va albatta, ularni doimiy nazoratda tutib turishlari zarur.

 “Ajdodlarga hurmatsizlik ahloqsizlikning birinchi ko‘rinishidir” degan iborani unitmasligimiz lozim.

Rivojlanish tarixi 3 ming yilliklarni bezab turgan xalqimiz ahloq-odob, tarbiya bobida o‘zga bir xalq, o‘zga bir davlatning marhamatiga muhtoj bo‘lmagan, bo‘lmaydi ham. Chunki biz jahon tamadduniga o‘zining buyuk qadriyatlari, ma’naviyati bilan katta hissa qo‘sha olgan, mukstamlaka yillarida ham o‘zligini, dini va e’tiqodini yo‘qotmagan xalqmiz. “An’anaviy lug‘atimizni bezab turgan “ibo”, “hayo”, “andisha” degan qadriyatlarimiz o‘zga xalqlar tiliga tarjima qilib bo‘lmaydigan qadriyatlar sirasiga kiradi”, ana shunday buyuk  tarixiga ega o‘zbek xalqining o‘z mentalitetiga xos  qadriyatlarini asrab-avaylashga barchamiz birdek mas’ul ekanligimizni unitmasligimiz lozim.

Bas, shunday ekan, bugungi barkamol avlod “ommaviy madaniyat” qutqulariga, soxta dabdabalariga uchmasdan unib o‘sishlari kerak. Buning uchun bizning o‘z g‘oyamiz, g‘oyaviy-mafkuramiz bor. U ham bo‘lsa, birinchi yurtboshimiz Istiqlolimizning ilk kunlaridanoq belgilab bergan “fikrga qarshi fikr, g‘oyaga qarshi g‘oya, jaholatga qarshi ma’rifat bilan” kurashishdan iborat.

            Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, “Ommaviy madaniyat” hurujlaridan farzandlarimizni, yoshlarimizni himoya qilishning samarali yo‘li ularning ong-tafakkurida, qalblarida kuchli ma’naviy immunitetni shakllantirib borish bugunning kechiktirib bo‘lmaydigan dolzarb vazifasi ekanligini hamisha yodda tutishimiz kerak.

Ana shundagina, ajdodlar o‘gitlari va otalar o‘rnagini yurakdan his qilgan yoshlarimiz qalbida Vatanga bo‘lgan mehr-muhabbat va sadoqat xuddiki, toshga o‘yilgan naqshdek muhrlanib qoladi va albatta “ommaviy madaniyat”ning salbiy iskanjasiga tushib qolmaydi.

iqtidor.uz” saytining  ma’naviy-ma’rifiy 

ishlar  bo’yicha targ’ibot guruhi rahbari 

Aktam To’rayev