Yo’nalishi: Yosh tadbirkorlar

Texaslik Mikeyla Ulmer yaqinda oilaviy resept bo’yicha tayyorlaydigan BeeSweet deb nomlanuvchi limonadlarini Texas, Oklaxoma, Arkanzas va Luiziana shtatlaridagi 55ta magazinga yetkazib berish uchun Whole Foods kompaniyasi bilan shartnoma tuzdi. Darvoqye, bu tadbirkorning yoshi atigi 11da.

Yalpiz, zig’ir urug’i va asal qo’shib tayyorlanadigan limonad reseptini qizaloq katta buvisidan o’rgangan. Daromadining bir kismini Mikeyla asalarilarni ko’paytirish bilan shug’ullanadigan tashkilotlarga beradi. Shirin limonad tayyorlab sotish g’oyasi uning miyasiga to’rt yoshlik paytida kelgan. U asal qanday olinishini o’rganar ekan, asalarilarning ekotizimda qanchalik muhim rol o’ynashlaridan hayratda qolgan.

Qizaloq asalarilar olamiga butkul sho’ng’ib ketdi. U bu hasharotlarga yordam berishga ahd qildi.

Yosh tadbirkor mahalliy yarmarkalarda o’zi tayyorlagan limonadi bilan ishtirok etdi va restoran egasining e’tiboriga tushdi. Yangi siqib olingan limon sharbatiga asal, zig’ir urug’i va yalpiz qo’shib tayyorlangan limonadni hattoki AQSh prezidenti Barak Obama ham totib ko’rgan.

Manba: biznestrener.uz