Xonaki tovuqlarni uy sharoitida boqib undan yaxshigina daromad olish mumkin ekanligini bilasizmi? Bilmasangiz bu borada sizlarga yordam beraman. Sizda birinchi novbatda o’z-o’zidan savol tug’iladi. Nimaga aynan xonaki tovuq. Axir fabrikaning qizil va oq (Loman) zotli tuxum tug’ishga mo’ljallangan tovuq zotlari borku dersiz.Sizning fikringiz to’g’ri haqiqatdan ham fabrika tovuqlari yiliga 295-305 ta atrofida tuxum tug’adi. Ammo ularni siz uy sharoitida fabrikadagidek parvarish qila olmaysiz. Ularga jujaligidan boshlab kerakli paytda kerakli vaksinalarni qilish kerak, Loman zotli tovuqlarning tuxum tug’ishi uchun qo’llanmasida ko’rsatilgan kerakli issiqlikni, namlikni,tovuqxona  havosining tozaligini va eng asosiyli ularga kerakli vitaminlarni o’zida jamlagan ozuqani (o’rtacha 1kg ozuqasi 2500 ming so’mni tashkil qiladi) muntazam ravishda berib turishingiz kerak bo’ladi.Agar siz yuqoridagi sharoitlardan birini bo’lsa ham yaratib bera olmasangiz ular sizga kerakli darajadagi maxsulotni kbermay.

Endi esa men sizlarga oddiy xonaki tovuqlarni uy sharoitida boqib ulardan yaxshigina daromad olishni o’rgataman.Bu ishni boshlash uchun avvalambor biz o’zimiz uchun biznes reja tuzishimiz kerak bo’ladi.

 

BIZNES REJA

1ta xonaki tovuq kuniga 80g don + 20g o’t yeyishi kerak. Kuniga 80g don yesa uni 365ga ko’paytiramiz (0,80gX365=2920).Demak bitta xonaki tovuq bir yilga 29kg don yeydi. Kuniga o’t esa bepul.1kg donning o’rtacha narxi 1000 so’m deb beholaydigan bo’lsak.1 yilga 1ta xonaki tovuq 29000 ming so’mlik donni yeydi.Xonaki tovuqlarni oddiy don bilan boqgan taqdirimizda yiliga 220-230 ta (agar xonaki tovuqlarga ham barcha vitaminlarni o’zida jamlagan yem tayyorlab bersak yiliga 270-280 ta) gacha tuxum berishi fanda o’z isbotini topgan. Xonaki tovuq tuxumlari 500-600 so’m atrofida. Demak bizning tovuqlar oddiy don bilan boqilganda o’rtacha 225ta tuxum beradi deb hisoblaydigan bo’lsak ,225×550=123750 so’m. Bitta xonaki tovuq bir yilga 123750 so’mlik tuxum berar ekan.Ana endi biz tovuq yeydigan don pulini ayirib tashlaymiz 123750 – 2900 =94750ming so’m.Bitta xonaki tovuq yiliga 94750 so’mlik sof daromad berar ekan.

Agar siz 100 dona xonaki tovuq boqsangiz ulardan yiliga 9475000 ming  so’mlik sof daromad olar ekansiz.Endi 9475000 ming so’mni 12oyga taqsimlaydigan bo’lsak. 9475000:12=789583.Sizning har oy tovuqlarning tuxumidan oladigan sof daromadingiz  789583 ming so’mni tashkil qiladi. Bu daromad hali hammasi emas. Siz tovuq nurisi(go’ngi)ni ham sotishingiz mumkin.Tovuq o’giti yerdagi ekinlar uchun juda foydali(azot mineral o’g’iti bilan teng)dir.

Endi don masalasiga to’xtalsak.Agar siz shu ish bilan shug’ullanmoqchi bo’lsangiz sizga bug’doy,makka,tariq muntazam ravishda kerak bo’ladi.siz bu mahsulotlarni yil bo’yi har hafta sotib oladigan bo’lsangiz anchagina qimmatga tushib qolasiz.Yaxshisi siz ularning har birini shu ekinning yig’im-terim paytida bir yilga yetarli darajada olganingiz ma’qul.Masalan: bug’doy o’rimi vaqtida uning 1kg narxi 800-900 so’mlar atrofida bo’ladi.Boshqa vaqtlarda esa uning narxi 1300-1400 so’mgacha ko’tarilib ketadi.

Tovuqlarga har doim ham bir xil don bersangiz ham yaxshi natija bermaydi.Shuning uchun 100kglik don tarkibida 40 kg  bug’doy, 35 kg makka, 25 kg tariq bo’lish kerak. Agar 1ta tovuq 29kg don yesa 100 ta tovuq 2900kg don yeydi.Demak bizga bir yilga 2900kg don kerak bo’ladi. 2900 kg dondan 1160 kgsini bug’doy,1015 kgsini  makka,725 kg kgsini  tariq tashkil qilar ekan.

Keyingi asosiy masalalardan biri tovuqlar uchun joydir. 100 ta tovuqni yashashi uchun bo’yi 15metr, eni 2,5metr, balandligi 1,5metrlik bino kerak bo’ladi.

Hamma joyda narx-navo bir xil bo’lmaganligi bois, Siz bu biznes rejani o’zingiz yashaydigan joydagi narxlar bilan o’zgartirib qaytadan hisob-kitob qilib chiqishingiz mumkin.

Muallif: Baxronov