Hurmatli tanlov ishtirokchilari! Quyida keltirilgan tanlov jarayonlari bilan bog’liq barcha ma’lumotlar bilan to’liq tanishib chiqishlaringizni so’raymiz!

“IQTIDOR.UZ”

HUQUQIY, MADANIY, MA’NAVIY-MA’RIFIY SAYTINING

MAQSAD VA VAZIFALARI

  “IQTIDOR.UZ” huquqiy, madaniy, ma’naviy-ma’rifiy sayti orqali mamlakat ahli, ayniqsa, o’sib kelayotgan yosh avlod qalbi va tafakkurida huquqiy madaniyat, milliy g’oya, milliy mafkura va umumbashariy qadriyatlarga, demokratik tamoyillarga asoslangan dunyoqarashni shakllantirish, ularni qonunlarga hurmat ruhida tarbiyalash, ularning huquqiy bilim darajasini oshirish, har bir fuqaroda o’z haq-huquqi, imkoniyati va irodasiga tayanish, o’z taqdirining bunyodkori bo’lish, mamlakatda kechayotgan yangilanishlar, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy islohotlarning mazmun-mohiyati, maqsadini teran anglagan tarzda uning faol ishtirokchisi va kurashchisiga aylanish tafakkurini kamol toptirish, madaniyat va ommaviy sport sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish, xalqning boy madaniy merosini qayta tiklash, asrlar davomida shakllangan yuksak ma’naviyatini, xalq an’analari va urf-odatlarini har tomonlama rivojlantirish, jismonan sog’lom, ma’naviy jihatdan boy va uyg’un kamol topgan shaxslarni tarbiyalash, milliy istiqlol g’oyasidan, O’zbekiston xalqining madaniy va ma’naviy-axloqiy an’analaridan kelib chiqqan holda aholi o’rtasida huquqiy, internet, madaniy-ma’rifiy, jismoniy tarbiya-sog’lomlashtirish va ommaviy sport yo’nalishlari bo’yicha, ya’ni  Qomusimiz-baxtimiz tayanchi”, “Yo’l qoidasi-umr foydasi”, “Tariximiz-shuxratimiz”, “Madaniyat-inson xulqiga ziynat”, “Internetyoshlar nigohida, “Sport-sog’lik tayanchi”hamdaBuyuk yurtsohibalari ko’rik tanlovlarini o’tkazish va iqtidorli yoshlarni (iqtidorli insonlarni)  saralab olib, ularni munosib rag’batlantirish va ularning bugungi kungacha erishgan yutuqlarini barchaga namuna sifatida saytimiz hamda milliy telekanallrimiz shuningdek, bir qator ommaviy-axborot vasitalarida (gazeta va jurnallarda) yoritib borishdan iborat.

Bundan tashqari mazkur tanlovlar orqali aholining, xususan, yoshlarning ishdan va o’qishdan tashqari bo’sh vaqtini sermazmun o’tkazishga, ular ongida axborot texnalogiyalari, shuningdek, internet tizimi va uning ahamiyati haqida to’g’ri tushunchalar hosil bo’lishiga hamda aholining barcha qatlamlarida, xususan, yoshlarda faol fuqarolik pozisiyasini shakllantirish, fidoyilik va vatanparvarlik tuyg’ularini mustahkamlash, o’smir qizlar tarbiyasini to’g’ri shakllantirish, ularning qalbi va ongida Vatanga muhabbat, milliy an’ana va qadriyatlarimizga hurmat, istiqlol g’oyalariga sadoqat tuyg’ularini qaror toptirish, salomatligini asrash, jismoniy tarbiya va sportga bo’lgan qiziqishini kuchaytirish  barobarida ularda dunyo va mamlakat miqyosidagi siyosiy jarayonlarga mustaqil va ongli munosabatda bo’lish hissini uyg’otish va ularni qonunga nisbatan itoatkorlik ruhida tarbiyalash, qisqacha qilib aytganda, iqtidorli yoshlarni yanada ko’paytirishdan iboratdir.

 

Tanlovlar haqida:

1. Qomusimiz-baxtimiz tayanchi”  tanlov ishtirokchilari  O’zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi, shuningdek, O’zbekiston Respublikasining Konstitusiyaviy qonunlari, Prezidentimizning O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligi hamda Konstitusiyasining kunlari arafasidagi ma’ruzalari, tarixiy sanalar va shu kabi manbalar asosida tuzilgan test topshiriqlarini yechishlari lozim bo’ladi.

2. Yo’l qoidasi-umr foydasi” tanlov ishtirokchilari "O’zbekiston  Respublikasining  Ma’muriy javobgarlik to’g’risida"gi kodeksi ya’ni yo’l harakati qoidalarini buzgan shaxslarga nisbatan qo’llaniladigan jarimalar miqdori, yo’l belgilari va qoidalariga va shu kabi   yo’l harakati xavfsizligiga oid qoidalar asosida tuzilgan test topshiriqlarini yechishi lozim bo’ladi.

3. Tariximiz-shuxratimiz” tanlov ishtirokchilari  O’zbekiston Respublikasi tarixiga oid manbalardan, tarixning turli davrlarida mamlakatimiz  iqtisodiy va madaniy ravnaqi uchun fidoyilik qilgan davlat arboblari, ulug’ sarkardalar, ilm-fan hamda madaniyat namoyandalari, milliy qahramonlar, qisqacha qilib aytganda, buyuk ajdodlarimiz hayoti va ijodi, ularning madaniy-ma’naviy merosini aks ettiruvchi manbalar asosida tuzilgan test topshiriqlarini yechishi lozim bo’ladi.

4. Madaniyat-inson xulqiga ziynattanlov ishtirokchilari mukammal inson ekanligini namoyon etish maqsadida, barcha sohalarda, ya’ni huquq sohasiga, madaniyat va sportga, ma’naviyat va ma’rifatga shunigdek,  ustoz hamda yosh san’atkorlarimizning hayot va ijodiga oid manbalar va mantiqiy savollar asosida tuzilgan test topshiriqlarini yechishi lozim bo’ladi.

5. “Internetyoshlar nigohidatanlov ishtirokchilari  internet haqidagi tushunchalar, axbort texnologiyalari, kompyuter saboqlari, milliy saytlarimizning mazmun va mohiyati, veb-saytlar va internet tizimidan foydalanish tartib-qoidalari asosida tuzilgan test topshiriqlarini yechishi lozim bo’ladi.

6. “Sport-sog’lik tayanchi” tanlov ishtirokchilari barcha sport turlari, ularning tartib-qoidalari, ayniqsa futbol o’yinlari, futbol bo’yicha O’zbekiston hamda jahon chempionlari, futbol yulduzlari, shuningdek, barcha sport yo’nalishlari bo’yicha chempionlar, ularning hayoti va ijodini aks ettiruvchi manbalar asosida tuzilgan test topshiriqlarini yechishi lozim bo’ladi.

7. Buyuk yurtsohibalari  tanlov ishtirokchilari oila munosabatlariga oid, pazandachilik sirlariga oid, zamonaviy kasb-hunarlarga oid, ayollar huquqlariga oid hamda mantiqiy savollar asosida tuzilgan test topshiriqlarini yechishi lozim bo’ladi.