“iqtidor.uz” huquqiy, madaniy, ma’naviy-ma’rifiy internet veb-saytining menyusidagi ya’ni rasmda yashil rangdagi strelka bilan ko’rsatib qo’yilgan “Uyda qoling” qismida bir qator onlayn xizmat turlari berilgan. Bundan tashqari, rasmda qizil rangdagi stelka bilan ko’rsatilgan joyiga masalan, “nikoh yoshi” deb yozib, ko’k rangdagi strelka bilan ko’rsatilgan “izlash” so’zini bosish orqali nikoh yoshi bilan bog’liq bo’lgan barcha huquqiy normalar bo’yicha bilimlarga ega bo’lish mumkin. Shuningdek, o’sha joyga “tadbirkorli”, “kredit”, “oila”, “mehnat” va hakazolarni yozish orqali ular to’g’risida fuqaroviy, ma’muriy va jinoiy qonunchiligida belgilab qo’yilgan huquqiy normalar bo’yicha tushunchalarga ega bo’lish mumkin. “iqtidor.uz” saytimiz orqali “Uyda qoling” onlayn xizmat doirasida “Huquqshunos maslahati”, “Repetitorlik xizmatlari”,  "To'garaklar", "Tadbirkorlik va biznes rejalar", "Psixolog maslahati" kabi onlayn xizmat turlarini yo’lga qo’yishimizdan asosiy maqsad, nafaqat uyda bo’lgan vaqtlarda, kelgusida ham ushbu onlayn xizmatlar orqali nafaqat yoshlarning, jumladan, keng aholining barcha sohalarda ularning bilim va ko’nikmalarini oshirishdan iborat. Shunday ekan, siz azizlarga o’z bilim va ko’nikmalaringizni oshiri, kelgusida o’z maqsadlaring yo’lida unumli foydalanib qolishlaringizni istaymiz. Bu borda sizlarga “iqtidor.uz”  sayti jamoasi barcha ezgu niyatlarni tilab qoladi.