Ona yurtimiz har doim o’zining mard, jasur yigitlari bilan faxrlanib kelgan. Yigitlarimiz ota-ona va oilasini, o’zi yashayotgan yurt tuprog’ini muqaddas bilib, Vatan himoyasi uchun doimo shay turishni burch deb hisoblagan. Ushbu bayramning nishonlanishi xalqimizning o’z armiyasiga nisbatan cheksiz hurmatini, yigitlariga nisbatan iftixorini bildiradi. “iqtidor.uz” sayti jamoasi barcha Vatan himoyachilarini ushbu muborak bayram bilan tabriklab, ularga oilaviy tinchlik-xotirjamlik, sog’liq-salomatlik, hayotlari doimo sharaf va zafarlarga to’liq hamda Vatanimiz osmoni doimo musaffo bo’lishini tilab qoladi.