Tong otadi, kun botadi, umr o’tadi. Vaqtimiz bu bizning baxtimiz. O’tayotgan ҳar bir kunimiz yangi kun, yangi yil.

Shunday ekan, yangi 2020 yilda har bir kunimiz ezgu amallarga, yaxshi xayrli ishlarga to’la bo’lib, foydali, barakali, kelajak avlodga nafi tegadigan, bugungi kundan ertangi kun qadrini bilib, yangi yilda el hurmatiga sazovor bo’lib, doim yorug’ yuz bilan, vatanimiz ravnaqi yo’lida amalga oshiradigan ishlarimizdan ko’nglimiz to’lib, baxtli yashash hammamizga nasib etsin. Yurtimiz tinch va osmonimiz musaffo bo’lsin.

Yangi yilda xonadonimizga tinchlik, fayz baraka olib kelsin.Ezgu niyatlar har doim har bir ishda hamroximiz bo’lsin. “Iqtidor.uz” sayti jamoasi yangi 2020 yilingiz muborak bo’lsin  deb, tilab qoladi, aziz yurtdoshlar!